Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Rim atrofida qadimiy villa qoldiqlari aniqlandi

Dunyo
22
Rim atrofida qadimiy villa qoldiqlari aniqlandi
Italiya poytaxti Rim atrofida joylashgan Kastel-di-Gvido hududida Rim imperiyasi davriga mansub bo‘lgan ulkan va hashamatli villa qoldiqlari aniqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tarixiy topilma arxeologlar va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ma’lum qilinishicha, joriy yil fevral oyida mahalliy aholi mazkur hududda gumonli harakatlar kuzatilayotgani haqida huqqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar bergan.

Shundan so‘ng o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida karabinerlar noqonuniy qazish ishlari izlarini — tungi faoliyat, yangi kavlangan yerlar va ruxsatsiz texnika ishlatilganini aniqlagan. Tergov jarayonida bir guruh shaxslar ekskvator yordamida hududga kirib, yer ostida yashiringan qadimiy inshootgacha yetib borgani ma’lum bo‘ldi.

Garchi qazish ishlari tez orada to‘xtatilgan bo‘lsa-da, aynan shu harakatlar natijasida ilgari fanga ma’lum bo‘lmagan rimliklar davriga oid villa kashf etildi. Arxeologlar hozirga qadar markaziy atrium, suv to‘planadigan hovuzli keng zal hamda qora-oq ranglarda ishlangan noyob mozaika pollarni ochishga muvaffaq bo‘lgan.

Mozaikalarda geometrik va o‘simliksimon naqshlar saqlanib qolgani aytiladi. Italiya Madaniyat vazirligi vakillarining ta’kidlashicha, ushbu hudud qadimda Lorium deb atalgan maskan tarkibiga kirgan bo‘lib, bu yerga Rim imperatorlari tez-tez tashrif buyurgan.

Shu bois topilgan villa yuqori tabaqaga mansub boy aristokratlar qarorgohi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Qazishmalar davomida marmar bezaklar, haykal bo‘laklari va Rim mifologiyasida tabiat homiysi hisoblangan Silvanga tegishli artefaktlar ham topilgan.

Rasmiylar noqonuniy qazishlar tufayli inshootning ayrim qismlariga zarar yetganini bildirmoqda. Biroq tarixiy qimmatga ega buyumlar o‘g‘irlangan yoki yo‘qligi hozircha aniq emas.

Ayni paytda hududda arxeologik tadqiqotlar davom etmoqda. Kelgusida esa tashrif buyuruvchilar ushbu noyob tarixiy maskanni oldindan ro‘yxatdan o‘tgan holda tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026