Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

«Ryanair» samolyoti oynasi sinishi oqibatida yo‘lovchi tashqariga tortildi

Dunyo
7
«Ryanair» samolyoti oynasi sinishi oqibatida yo‘lovchi tashqariga tortildi
Gretsiya osmonida Ryanair aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 NG rusumli samolyot ishtirokida yuz bergan favqulodda hodisa yo‘lovchilar orasida katta vahima keltirib chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Parvoz davomida havo kemasi illyuminatorlaridan biri sinib ketishi oqibatida salonda bosim keskin pasayib ketgan. Buning natijasida yo‘lovchilardan biri kuchli havo oqimi ta’sirida qisman tashqariga tortilib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa 10-iyul kuni Saloniki shahridan Germaniyaning Memmingen shahriga yo‘l olgan reysda sodir bo‘ldi. Samolyot havoga ko‘tarilganidan taxminan o‘n daqiqa o‘tgach, yo‘lovchilar kuchli portlashga o‘xshash tovushni eshitishgan.

Shundan so‘ng layner shoshilinch ravishda pastlay boshlagan. Illyuminator yonida o‘tirgan 61 yoshli Serbiya fuqarosi Lyubisha Karovich bosimning keskin o‘zgarishi sababli tashqi tomonga tortila boshlagan.

Uni orqasida o‘tirgan rafiqasi Svetlana Grkovich erining oyog‘idan ushlab qolishga ulgurgan, yonidagi boshqa bir yo‘lovchi esa jabrlanuvchining qo‘lidan mahkam tutgan. Keyinroq yana bir erkak yordamga kelib, ular birgalikda erkakni salon ichiga tortib olishga muvaffaq bo‘lishgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, erkakning xavfsizlik kamari taqilgan holatda bo‘lgani uning hayotini saqlab qolishda muhim omil bo‘lgan. Svetlana Grkovichning so‘zlariga ko‘ra, voqea davomida turmush o‘rtog‘i bir necha bor hushini yo‘qotgan.

Ayol o‘sha dahshatli daqiqalarni eslar ekan, agar vafot etishsa, birga o‘lishga tayyor bo‘lganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, jabrlanuvchining og‘zi va burnidan qon kelgan, biroq bort kuzatuvchilari tomonidan yetarli darajada yordam ko‘rsatilmagan.

Hatto ichish uchun suvni ham boshqa yo‘lovchilar olib kelib berishgan. Yo‘lovchilar singan oynani chamadon bilan to‘sishga harakat qilishgan, ammo kuchli havo oqimi uni ham tashqariga tortib ketgan.

Samolyot tez orada Saloniki aeroportiga qaytib keldi va xavfsiz tarzda yerga qo‘ndirildi. Lyubisha Karovich zudlik bilan shifoxonaga yetkazildi va hozirda muolajalar davom etmoqda.

Rafiqasining aytishicha, u og‘ir ruhiy zarba olgan, qo‘li jarohatlangan va hozircha yuz bergan voqealarni to‘liq eslay olmaydi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ushbu hodisaga samolyotning o‘ng dvigatelidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ayrim mutaxassislar dvigateldan ajralib chiqqan bo‘lak illyuminatorga kelib urilganini taxmin qilmoqda. Biroq bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan xalqaro tekshiruv ishlari boshlangan. Tergov jarayonida Amerika Qo‘shma Shtatlari Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi, Gretsiya tegishli idoralari hamda Boeing kompaniyasi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Ryanair aviakompaniyasi esa qisqa bayonot berib, illyuminator shikastlangani sababli samolyot ortga qaytganini va yo‘lovchiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026