Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+15°
переменная облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Fransiya parlamenti og‘ir bemorlar uchun evtanaziya to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Dunyo
3
Fransiya parlamenti og‘ir bemorlar uchun evtanaziya to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Fransiya parlamenti quyi palatasi ogir bemorlarga hayotdan ixtiyoriy ravishda ko‘z yumishga ko‘maklashish, ya’ni evtanaziya huquqini joriy etuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda nufuzli Le Monde nashri ma’lumot tarqatdi. Mazkur hujjat mamlakat ijtimoiy hayotida muhim o‘zgarish yasashi kutilmoqda.

Yangi qonun talablariga ko‘ra, ushbu huquqdan faqat Fransiya fuqarolari yoki mamlakat hududida doimiy yashovchi voyaga yetgan shaxslar foydalanishi mumkin bo‘ladi. Evtanaziya faqat o‘ta og‘ir, davosiz kasallikka chalingan, kuchli jismoniy yoki ruhiy azob chekayotgan hamda og‘rig‘ini boshqa tibbiy usullar bilan yengillashtirish imkoni qolmagan bemorlarga nisbatan qo‘llanadi.

Bu jarayonning qat’iy tartib-qoidalari ishlab chiqilgan. Shuningdek, bemorning hayotdan ketish haqidagi qarori mutlaqo ixtiyoriy, ongli ravishda qabul qilingan va bir necha marotaba tasdiqlangan bo‘lishi shart.

Har bir holat bo‘yicha yakuniy xulosa shifokorlar hay’ati tomonidan atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tibbiy amaliyotda o‘limga olib keluvchi maxsus dori vositalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasini ovozga qo‘yish jarayonida 291 nafar deputat uni yoqlab chiqdi, 241 nafar parlament a’zosi esa qarshi ovoz berdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ushbu qarorni 2022-yilda saylovchilarga berilgan va’daning ijrosi sifatida baholadi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, qonun atrofidagi muhokamalar o‘zaro hurmat va quruvchan ruhda o‘tgan. Hozirgi kunda dunyoning o‘n ikkita davlatida, jumladan, Shveysariya, Niderlandiya, Kanada, Ispaniya, Avstriya va Portugaliyada evtanaziyaga rasman ruxsat berilgan.

Yangi qonun to‘liq kuchga kirgach, Fransiya ushbu ro‘yxatdagi o‘n uchinchi mamlakatga aylanadi. Mutaxassislar ushbu amaliyotning bir necha shakllarini farqlashadi.

Masalan, bilvosita evtanaziyada kuchli dori vositalari o‘limni tezlashtirsa, passiv turida bemorni hayotda ushlab turgan tibbiy uskunalar uning xohishiga ko‘ra o‘chirib qo‘yiladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026