Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+13°
небольшая облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Dunyo bo‘ylab har yili qariyb uch yuz ming inson suvda cho‘kib vafot etmoqda

Dunyo
27
Dunyo bo‘ylab har yili qariyb uch yuz ming inson suvda cho‘kib vafot etmoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti e’lon qilgan so‘nggi hisobotga ko‘ra, dunyo miqyosida suvda cho‘kish bilan bog‘liq o‘lim holatlari global muammo darajasida qolmoqda. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Har yili sayyoramizda qariyb 300 ming nafar inson suvda cho‘kish oqibatida vafot etadi. Ayniqsa, 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida cho‘kish o‘limga sabab bo‘luvchi asosiy o‘nta omilning biridir.

Mutaxassislar iqlim o‘zgarishi, suv toshqinlari va anomal issiq harorat ushbu fojialarning ko‘payishiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlamoqda. Iqlim o‘zgarishi va xavfning ortishi Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, havo haroratining ko‘tarilishi suvda cho‘kish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Buyuk Britaniya olimlari o‘tkazgan tahlillarga ko‘ra, havo harorati har bir darajaga ko‘tarilganda, cho‘kish bilan bog‘liq o‘lim holatlari 7,2 foizga ortadi. Havo harorati 25 darajadan yuqori bo‘lgan kunlarda baxtsiz hodisalar ehtimoli salqin kunlarga nisbatan besh baravar ko‘proq kuzatiladi.

Bu holat odamlarning jazirama kunlarda suv havzalariga ommaviy oqib borishi va xavfsizlik qoidalariga yetarli darajada rioya qilmasligi bilan izohlanadi. Xavfsizlikni ta’minlash choralari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 25-iyul — Butunjahon cho‘kishning oldini olish kuni munosabati bilan davlatlar va jamiyatlar uchun maxsus tavsiyalarni ishlab chiqdi.

Ushbu tavsiyalar majmuasi suv havzalari atrofida xavfsiz to‘siqlar o‘rnatish, aholini qutqaruv va birinchi yordam ko‘rsatishga o‘rgatish hamda suv transporti xavfsizligini kuchaytirish kabi muhim choralarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bolalarga suzishni o‘rgatish va ularni suv yaqinida qarovsiz qoldirmaslik eng samarali profilaktika usullaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Joriy yilda mazkur sana "Birgalikda — suvda xavfsizlik uchun" shiori ostida o‘tkaziladi. Mutaxassislarning fikricha, suvdagi fojialarning oldini olish faqatgina davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va har bir fuqaroning mas’uliyatli yondashuvi orqali amalga oshishi mumkin.

Suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga amal qilish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish inson hayotini saqlab qolishning asosiy garovidir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026