Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+15°
переменная облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Donald Tramp tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va uning salomatligi tiklandi

Dunyo
12
Donald Tramp tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va uning salomatligi tiklandi
AQSH prezidenti Donald Trampning salomatligi borasida tarqalgan turli xabarlarga Oq uy rasmiy bayonot bilan javob qaytardi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Davlat rahbarining oyoq qismida yengil shishlar kuzatilgani sababli u to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va natijada unda surunkali venoz yetishmovchilik borligi aniqlandi. Oq uy shifokorlari tomonidan taqdim etilgan xulosaga ko‘ra, prezidentning umumiy sog‘lig‘i qoniqarli holatda va u o‘z ish faoliyatini odatdagi tartibda davom ettirmoqda.

Tibbiy ko‘rik natijalari va tashxis Oq uy shifokorining 2025-yil 17-iyul sanasi bilan e’lon qilingan rasmiy hisobotida qayd etilishicha, o‘tkazilgan chuqur tekshiruvlar Trampda xavfli qon laxtalari, ya’ni tromblar shakllanmaganini tasdiqladi. Shuningdek, arteriya qon tomirlari kasalliklari yoki yurak yetishmovchiligi kabi jiddiy xavflar ham aniqlanmagan.

Tibbiy testlar natijasida qon tarkibi, buyraklarning ishlash faoliyati va yurakning tuzilmaviy holati me’yor ekani ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislar prezidentning salomatligini barqaror deb baholashgan.

Surunkali venoz yetishmovchilik kasalligi oyoq tomirlaridagi klapanlarning qonni yurak tomon yetarli darajada haydab bera olmasligi oqibatida yuzaga keladi. Bu holat odatda uzoq vaqt davom etadigan jarayon bo‘lsa-da, doimiy shifokor nazorati va tegishli muolajalar yordamida uni nazorat qilish imkoniyati mavjud.

Shifokorlar prezidentga oyoqdagi shishlarni kamaytirish va qon aylanishini yaxshilash bo‘yicha zarur tavsiyalarni berishgan. Hozirgi vaqtda Donald Tramp o‘zining kundalik ish grafigini o‘zgartirmagan holda faoliyatini davom ettirmoqda.

Rasmiy idoralar prezidentning salomatligi bilan bog‘liq har qanday o‘zgarishlar haqida jamoatchilikni o‘z vaqtida xabardor qilib borishini ma’lum qildi. Mazkur tibbiy xulosa prezidentning yoshi va ish yuklamasini hisobga olgan holda, uning jismoniy holati davlat boshqaruvi uchun yetarli ekanini ko‘rsatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026