Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Xitoylik sobiq qorovul sakkiz yillik urinishdan so‘ng magistraturaga kirdi

Dunyo
20
Xitoylik sobiq qorovul sakkiz yillik urinishdan so‘ng magistraturaga kirdi
Xitoyda yashovchi sobiq qorovul sakkiz yillik urinishlardan so‘ng mamlakatning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Sinxua universiteti magistraturasiga qabul qilindi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

31 yoshli Yang Syao uzoq vaqt davomida moliyaviy qiyinchiliklar, firibgarlik qurboni bo‘lish va ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, o‘z maqsadidan voz kechmadi. Hozirda u nafaqat magistraturada o‘qishni, balki kelajakda AQSHning mashhur Garvard universitetida doktorlik ilmiy darajasini olishni rejalashtirmoqda.

Yang Syaoning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishi bolaligidanoq shakllangan edi. U 2013-yilda Xitoyning milliy kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Markaziy tasviriy san’at akademiyasiga o‘qishga kirdi.

O‘qishni tamomlagach, u Shenyan shahrida o‘zining shaxsiy san’at maktabini tashkil etdi va tadbirkorlik bilan shug‘ullana boshladi. Biroq bolalikdagi orzusi va yaqin insoniga bergan va’dasi uni yana ilm yo‘liga qaytardi.

Muvaffaqiyatsizliklar va hayotiy sinovlar Magistraturaga kirish yo‘lidagi ilk urinishlar Yang uchun kutilmagan zarbalar bilan boshlandi. Birinchi marta imtihondan o‘ta olmagan bo‘lsa-da, u tushkunlikka tushmay, keyingi yil albatta talaba bo‘lishiga ishondi.

Ammo ikkinchi urinish ham besamar ketdi. Uchinchi tayyorgarlik yilida esa u shaxsiy hayotidagi jiddiy aldov qurboniga aylandi.

Internet orqali tanishgan ayol turli bahonalar bilan undan katta miqdorda pul talab qildi, natijada Yang 150 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘idan ayrilib, og‘ir qarzga botdi. Iqtisodiy inqiroz tufayli uning san’at maktabi yopildi, ota-onasi esa qarzlarni to‘lash uchun bor budini sarflashga majbur bo‘ldi.

Shunday og‘ir vaziyatda ham Yang taslim bo‘lmadi. U tirikchilik qilish uchun dastlab farroshlik qildi, keyinchalik esa o‘zi orzu qilgan Sinxua universitetining talabalar yotoqxonasida qorovul bo‘lib ishga kirdi.

Atrofdagilarning unga nisbatan past nazar bilan qarashi va kamsituvchi gaplari yigitga yanada kuchli turtki berdi. Maqsad sari qat’iy qadamlar Qorovul bo‘lib ishlash davomida Yang o‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlashni o‘rgandi.

U kunduzi yashirincha ma’ruzalarda qatnashar, kechasi esa chet ellik talabalar bilan muloqot qilib, ingliz tili darajasini oshirardi. Keyinchalik uning mehnatsevarligi inobatga olinib, xavfsizlik xizmati guruhi rahbari etib tayinlandi.

Bu lavozim unga ko‘proq maosh olish va o‘qish uchun qo‘shimcha vaqt topish imkonini berdi. Hatto bir safar u barcha jamg‘armasini ilmiy anjumanga borish uchun sarfladi, bu esa uning ilmiy doiralarda tanilishiga sabab bo‘ldi.

Nihoyat, 2026-yilda sakkiz yillik tinimsiz mehnat o‘z mevasini berdi va Yang Sinxua universitetining San’at va dizayn akademiyasi magistranti bo‘ldi. Odatda uch yil davom etadigan o‘quv dasturini u iqtisodiy sabablarga ko‘ra ikki yilda yakunlamoqchi.

Uning navbatdagi ulkan maqsadi — Garvard universitetida nomoddiy madaniy meros yo‘nalishi bo‘yicha grant asosida doktorlik bosqichida tahsil olishdir. Yangning ushbu matonati ko‘plab yoshlar uchun ilm yo‘lidagi haqiqiy namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026