ENRU

«Ukraina» dronlar bilan «Afip» neft zavodini qayta urdi

Dunyo
44
«Ukraina» dronlar bilan «Afip» neft zavodini qayta urdi
Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning janubiy hududlaridagi strategik neftni qayta ishlash infratuzilmasiga uchuvchisiz uchadigan apparatlar (dronlar) orqali ketma-ket kuchli zarbalar berdi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Hujumning asosiy nishonlari Krasnodar o‘lkasidagi Afip hamda Rostov viloyatidagi Novoshaxtinsk neftni qayta ishlash zavodlari bo‘lgan. Ushbu zarbalar oqibatida yirik sanoat obyektlarida yong‘inlar kelib chiqqan, korxonalar ishini to‘xtatgan, shuningdek, tinch aholi orasida qurbonlar va jarohatlanganlar mavjud ekanligi ma’lum qilindi.

Afip neft qayta ishlash zavodida 2026 yilda beshinchi hujum Krasnodar o‘lkasining Severskiy tumanidagi Afip neft qayta ishlash zavodi yana dronlar nishoniga aylandi. Ukrainaning «Exilenova+», «Supernova» monitoring guruhlari va «Astra» nashriga ko‘ra, bu zavod 2026 yil boshidan buyon beshinchi marta hujumga uchramoqda.

Avvalgi hujumlar 21 yanvar, 14 mart, 11 iyun va 14 iyul kunlarda amalga oshirilgan edi. O‘lka gubernatori Veniamin Kondratev ma’lum qilganicha, urib tushirilgan dron parchalari Afipskaya temiryo‘l stansiyasiga tushgan, neftni qayta ishlash korxonasi hududida kuchli yong‘in boshlangan.

Hodisada 2 kishi halok bo‘lgan, yana 2 kishi og‘ir tan jarohati olgan. Afipskiy posyolkasida kamida 10 ta xususiy turar joy binosi jiddiy zarar ko‘rgan.

Novoshaxtinsk neft qayta ishlash zavodi to‘xtatildi Rostov viloyatiga yo‘naltirilgan hujum ko‘lami yanada kengroq bo‘ldi. Viloyat gubernatori Yuriy Slyusar ma’lumotiga ko‘ra, hududga taxminan 30 ta dron bilan hujum qilingan.

Gukovo, Kamensk-Shaxtinskiy, Novoshaxtinsk shaharlari va yon-atrofdagi tumanlarda portlashlar qayd etilgan. Zarbalar natijasida Novoshaxtinsk neft qayta ishlash zavodining uskunalari shikastlangan, jiddiy zarar sababli korxona o‘z faoliyatini butunlay to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Kamensk tumanida 4,5 gektar o‘rmon hududida va Krasnosulinsk tumanida quruq o‘tloqlarda keng ko‘lamli yong‘inlar yuzaga keldi. Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, tun davomida Rossiya hududlari, anneksiya qilingan Qrim hamda Qora va Azov dengizlari akvatoriyasi uzra jami 148 ta havo nishoni yo‘q qilingan.

Uzoq Sharqdagi Amur gaz-kimyo majmuasida ham xavfsizlik jarayoni to‘xtatildi Rossiyaning janubidagi portlashlar fonida Uzoq Sharqda — Amur viloyatida qurilayotgan ulkan Amur gaz-kimyo majmuasida ham favqulodda holat yuz berdi. «Astra» xabariga ko‘ra, Rossiyaning «SIBUR» hamda Xitoyning «Sinopec» kompaniyalari tomonidan bunyod etilayotgan ushbu gigant zavodda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida sozlash jarayonidagi uskunalar zudlik bilan to‘xtatilgan.

Bu loyoha kelajakda dunyoning eng yirik polimer ishlab chiqaruvchisiga aylanishi kutilayotgan. Bu holatlar Rossiyaning energiya va kimyo sanoatidagi stratejik obyektlar uchun o‘zgarib bormaqdagi xavf darajasini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40