Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+16°
ясно ветер 2 м/с, С
ENRU

Pokiston Saudiya Arabistoniga harbiy yordam berishdan rasman bosh tortdi

Dunyo
23
Pokiston Saudiya Arabistoniga harbiy yordam berishdan rasman bosh tortdi
Islom olamida yaqinda katta umidlar bilan tuzilgan va xalqaro siyosatda Islomiy NATO deb atalgan mudofaa ittifoqi o‘zining ilk jiddiy sinovida kutilmagan to‘siqqa duch keldi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Yamanlik husiylar to‘rt yillik sulh bitimini buzib, Saudiya Arabistonining janubiy hududlariga raketa va dronlar bilan hujum boshlagan bir paytda, ittifoqning asosiy a’zolaridan biri bo‘lgan Pokiston yordam berishdan bosh tortdi. Reuters axborot agentligi xabariga ko‘ra, Islomobod joriy yilning 7-avgust kuni imzolangan uch tomonlama mudofaa shartnomasiga qaramasdan, hozircha harbiy aralashuv masalasini ko‘rib chiqmayotganini rasman bildirdi.

Bu holat mintaqaviy xavfsizlik borasidagi kelishuvlarning amaliy kuchi borasida ko‘plab savollarni keltirib chiqardi. Mintaqadagi vaziyat va harbiy harakatlarning tiklanishi Qizil dengiz bo‘yida to‘rt yildan buyon davom etib kelayotgan nisbiy tinchlik o‘rnini yana qurolli to‘qnashuvlar egalladi.

Ansor Alloh harakati Saudiya Arabistoniga qarshi harbiy harakatlarni qayta tiklab, mamlakatning Abha, Jizzan va Najron kabi janubiy shaharlariga ballistik raketalar bilan zarba bermoqda. Bunga javoban Saudiya Arabistoni harbiy havo kuchlari husiylar nazoratidagi viloyatlarga qaqshatqich aviazarbalar yo‘lladi.

Vaholanki, bor-yo‘g‘i bir oy avval Makka shahrida Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida o‘zaro mudofaa shartnomasi imzolangan edi. Ushbu hujjatga ko‘ra, ittifoqchi davlatlarning biriga qilingan hujum barcha a’zolarga qilingan tajovuz sifatida baholanishi lozim edi.

Saudiya Arabistonining talabi va Pokistonning pozitsiyasi Ar-Riyod rasmiylari Makka kelishuviga tayanib, ittifoqchilardan strategik yordam va amaliy harbiy harakatlarni kutgan edi. Saudiya tomoni yadroviy salohiyatga ega bo‘lgan Pokiston armiyasi chegaralarni himoya qilishda faol ishtirok etishi kerakligini, bu kollektiv xavfsizlik burchi ekanini ta’kidlamoqda.

Podshohlik o‘z shaharlari va energetika ob’ektlariga qilinayotgan hujumlarni agressiya deb baholab, shartnoma bandlarini zudlik bilan ishga tushirishni talab qildi. Biroq Islomobodning munosabati kutilganidan ancha sovuq bo‘lib chiqdi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Sajjad Hayder Xon hozirgi bosqichda Saudiyaga husiylarga qarshi kurashda yordam berish masalasi ko‘rib chiqilmayotganini ma’lum qildi. Islomobod o‘zining bu qarorini ichki vaziyat va mintaqaviy muvozanatni saqlash zarurati bilan izohlashga urinmoqda.

Bu esa yangi tuzilgan harbiy blokning birligi va kelajakdagi nufuzi borasida xalqaro hamjamiyatda shubhalar uyg‘otdi. Musulmon dunyosining eng qudratli armiyalaridan biriga ega bo‘lgan Pokistonning bunday ehtiyotkorligi ittifoqning boshqa a’zolari uchun ham jiddiy siyosiy signal bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026