Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Eron hujumlari natijasida AQSH harbiy bazalariga katta zarar yetdi

Dunyo
19
Eron hujumlari natijasida AQSH harbiy bazalariga katta zarar yetdi
Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlar oqibatida Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiy infratuzilmasiga yetkazilgan talofatlar ko‘lami ochiqlandi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

CBS News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa va dron zarbalari natijasida AQSHning mintaqadagi strategik bazalariga 5 milliard dollardan ortiq zarar yetgan. Harbiy xizmatchilar tomonidan taqdim etilgan maxfiy fotosuratlar va Pentagonning ichki hisobotlari shuni ko‘rsatadiki, vayronagarchiliklar ko‘lami avval e’lon qilinganidan ancha yuqori bo‘lib, o‘nlab samolyotlar va yuzlab harbiy binolar butunlay ishdan chiqqan.

Vayron qilingan strategik obyektlar va texnikalar Saudiya Arabistonidagi Shahzoda Sulton aviabazasida joylashgan, AQSH harbiy-havo kuchlarining eng qimmatbaho razvedka vositalaridan biri hisoblangan E-3 Sentry (AWACS) uchog‘i to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbaga uchragan. Havo kemasining dum qismi fyuzelyajdan uzilib ketgan va samolyot to‘liq yonib kul bo‘lgan.

Shuningdek, Quvaytdagi Kemp Byuring va Kemp Arifjan harbiy bazalarida kazarmalar, ma’muriy binolar hamda og‘ir zirhli texnikalar nishonga olingan. Ushbu hujumlar natijasida bazalarning kundalik faoliyati falaj holatga tushib, moddiy-texnik ta’minot tizimiga jiddiy putur yetgan.

Zarbalar faqatgina Saudiya Arabistoni va Quvayt bilan cheklanib qolmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Bahrayn, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Iroq, Ummon va Iordaniyadagi Amerika harbiy obyektlari ham raketa va dronlar hujumiga duchor bo‘lgan.

Umumiy hisobda sakkizta davlatdagi yuzlab nishonlar shikastlangan bo‘lib, bu AQSHning mintaqadagi harbiy salohiyatiga berilgan eng og‘ir zarbalardan biri sifatida baholanmoqda. Pentagonning maxfiy hisoboti va harbiylar e’tirozi Pentagon Bosh inspektori tomonidan AQSH Kongressiga taqdim etilgan hisobotda yo‘qotishlarning aniq raqamlari keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, joriy yilning fevral oyidan iyun oyigacha bo‘lgan qisqa muddat ichida 3,7 milliard dollarlik jangovar texnika va uskunalar yo‘q qilingan. Zarbalar oqibatida qariyb 60 ta aviatsiya vositasi, jumladan, qiruvchi samolyotlar va vertolyotlar yaroqsiz holga kelgan.

Vayron bo‘lgan binolar va infratuzilmani tiklash xarajatlari bilan birga umumiy zarar 5 milliard dollardan oshib ketgan. Mintaqada xizmat qilayotgan amerikalik askarlar va ofitserlar o‘rtasida Vashington rahbariyatiga nisbatan norozilik kayfiyati kuchaymoqda.

Harbiylar havo hujumidan mudofaa tizimlarining ojizligini va bazalar yetarli darajada himoya qilinmayotganini ta’kidlamoqda. Xususan, yangi tayinlangan mudofaa vaziri Pit Xegset manzili tomon keskin tanqidlar yangramoqda.

Askarlarning fikricha, AQSH armiyasi hujumlarga munosib javob qaytara olmayapti va bu holat shaxsiy tarkib orasida tushkunlikni keltirib chiqarmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026