Hurmuz bo‘g‘ozidagi inqiroz AQSH banklarini iqtisodiy zoriga uchratdi

Dunyoning eng muhim neft arteriyasi hisoblanadigan Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi keskin geosiyosiy vaziyat va yuk tashuvlarining bloklanishi jahon bozoriga og‘ir zarba berdi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Bloomberg agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yoqilg‘i narxlarining keskin sakrashi ortidan yuzaga kelgan inflyatsiya AQSH bank sektorida kuchli inqirozni keltirib chiqardi. Inflyatsiya va banklar ustidagi bosim Moliyaviy zanjirdagi muammolar geosiyosiy qarama-qarshilik oqibatida tezlashdi.
Energetika tashuvchilarining keskin qimmatlashishi Hurmuz bo‘g‘ozining yopilishi tufayli jahon bozorida neft va gaz narxlarini keskin ko‘tarib yubordi. Bu esa AQSH iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyatsion bosimni kuchaytirdi.
Inflyatsiya sur’atini jilovlash maqsadida AQSH Federal zaxira tizimi bazaviy stavkani zudlik bilan 4 foizgacha ko‘tardi. Foiz stavkalari yuqori darajada qolishi iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirdi va tijorat banklari uchun kreditlarni qaytarish bo‘yicha yo‘qotishlarni keskin oshirib yubordi.
Banklar kapitalizatsiyasidagi pasayish Yirik moliya muassasalari kutilmagan moliyaviy yo‘qotishlarga duch keldi. Birja savdolari yakunlariga ko‘ra, Bank of America aksiyalari naq 18 foizga quldi.
State Street qimmatli qog‘ozlari qiymati 14 foizga tushdi, Citigroup aktivlari esa 10 foizga arzonlashdi. AQSH bank tizimi so‘nggi yigirma yillikdagi eng jiddiy sinovlardan birini boshdan kechirmoqda.
AQSHning 24 ta eng yirik banki holatini o‘zida aks ettiruvchi KBW indeksi ketma-ket olti haftadan buyon uzluksiz pasayib bormoqda. Bu 2008 yilgi global moliyaviy inqirozdan keyingi eng uzoq davom etgan qulash seriyasi sifatida rasman qayd etildi.
O‘tgan avgust oyida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichlarga nisbatan ushbu indeks umumiy hisobda qariyb 13 foizga pasaygan. Hurmuz bo‘g‘ozidagi keskinlik bartaraf etilmasa, neft taqchilligi va yuqori foiz stavkalari nafaqat AQSH bank tizimi, balki butun jahon birjalarida uzoq muddatli beqarorlikni saqlab qolishi mumkin.
Bloomberg Intelligence tahlilchilari ushbu omillar bank tizimiga birgalikda kuchli bosim o‘tkazayotganini ta’kidlamoqda.





