ENRU

Wakuku o‘yinchoqlari Labubuga kuchli raqobat yaratmoqda

Dunyo
387
Wakuku o‘yinchoqlari Labubuga kuchli raqobat yaratmoqda
Pekin — Xitoy bozorida “Labubu” o‘yinchog‘iga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Yangi trendga aylangan Wakuku nomli o‘yinchoq ayniqsa qizlar va yoshlar orasida katta e’tibor qozonmoqda. TikTok foydalanuvchilari bu o‘yinchoqni “budjet Labubu” deb atashmoqda, deb xabar beradi Pravilamag.ru sayti.

Wakuku personaji 2022–2023 yillarda Xitoyning Letsvan kompaniyasi tomonidan yaratilgan va 2024 yildan boshlab ommaviy savdoga chiqarilgan. Qisqa vaqt ichida bu o‘yinchoq yoshlar, xususan 2000 yildan keyin tug‘ilgan avlod vakillari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Mart oyida Pekindagi Miniso Land do‘konida panda ko‘rinishidagi Wakuku taqdim etildi. Ushbu mahsulot do‘kon daromadini 90 foizga oshirishga yordam berdi.

Iyunda esa Nankindagi Miniso Space do‘konida yangi Wakuku modeli ikki soat ichida sotilib ketdi. Wakuku o‘yinchoqlari Pop Mart kompaniyasining mashhur Labubu o‘yinchoqlari kabi maxfiy qutilarda sotiladi.

Xaridor qutini ochmaguncha, ichidagi qahramon kim ekanini bilmaydi. Bu usul mijozlarda qiziqish uyg‘otadi.

Shuningdek, Wakuku o‘yinchoqlari kichik o‘lchamda bo‘lib, sumka, ryukzak yoki belbog‘ga ilib yurishga qulaydir. Bugungi kunda ular nafaqat o‘yinchoq, balki moda aksessuari sifatida ham qadrlanmoqda.

Labubu o‘yinchoqlari ko‘pincha qimmat va eksklyuziv narxlarda sotiladi. Wakuku esa arzonroq bo‘lib, bitta qutisi taxminan 85 mingdan 230 ming so‘mgacha baholanmoqda.

Shu sababli TikTok foydalanuvchilari uni “budjet variant” deb ta’riflashmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026