Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Yangi Zelandiya ish va hayot muvozanatida yetakchi

Dunyo
137
Yangi Zelandiya ish va hayot muvozanatida yetakchi
Dunyo bo‘yicha ish va hayot muvozanati darajasi haqida yangi keng qamrovli tahlil natijalari e’lon qilindi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Xalqaro Remote platformasi tomonidan 60 ta yirik iqtisodiyotga ega mamlakatda mehnat sharoitlari, ijtimoiy ta’minot va hayot sifati asosida maxsus reyting tuzildi. Tadqiqotda haq to‘lanadigan ta’til kunlari soni, onalik ta’tili davomiyligi, eng kam ish haqi, tibbiy xizmatlar sifati, jamoat xavfsizligi va aholi baxt darajasi kabi ko‘rsatkichlar o‘rganildi.

Har bir omil ishchilar uchun barqaror va samarali hayotni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega ekani hisobga olindi. Natijalarga ko‘ra, 2025 yilda ish va hayot muvozanati bo‘yicha eng qulay davlat Yangi Zelandiya deb topildi.

Bu mamlakatda yiliga 32 kun haq to‘lanadigan ta’til va 26 haftagacha tug‘ruq ta’tili beriladi. Shuningdek, xavfsizlik darajasi yuqori va tibbiy xizmatlar sifatli hisoblanadi.

Ikkinchi o‘rinni Irlandiya egalladi, bu yerda universal sog‘liqni saqlash tizimi rivojlangan va eng kam ish haqi nisbatan yuqori. Belgiya esa uchinchi o‘rinda bo‘lib, u Yevropadagi eng yuqori maoshli davlatlardan biri hisoblanadi.

Ijtimoiy kafolatlar va ishchi imkoniyatlari yuqori baholangan. Yevropaning yetti mamlakati, jumladan Germaniya, Norvegiya, Daniya, Ispaniya va Finlandiya kuchli o‘ntalikka kirdi.

Kanada va Avstraliya ham ishchilar uchun qulay davlatlar sifatida e’tirof etildi. MDH mamlakatlaridan Rossiya 43-o‘rinda, Ukraina 37-o‘rinda, Qozog‘iston esa 46-o‘rinda qayd etildi.

Bu davlatlarda ish sharoitlari va ijtimoiy kafolatlar yetarli darajada emasligi ko‘rsatildi. Afsuski, O‘zbekiston ushbu reytingga kiritilmadi.

Umuman olganda, bu tadqiqot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida inson resurslari uchun yaratilgan sharoitlar haqida aniq tasavvur beradi. Turmush tarzi, ishdagi barqarorlik, ta’til imkoniyatlari va tibbiy xizmatlar tizimi har bir mamlakatda fuqarolarning baxtli hayotiga qanchalik ahamiyat berilayotganini ko‘rsatadi.

Bunday reytinglar nafaqat xalqaro jamoatchilik, balki har bir mamlakat rahbariyati uchun ham muhim signal hisoblanadi. Chunki ishchi insonning baxti va xavfsizligi har qanday taraqqiyotning asosi hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026