ENRU

AQSH Meksika va Yevropaga boj solig‘ini oshirdi

Dunyo
29
AQSH Meksika va Yevropaga boj solig‘ini oshirdi
AQSH Prezidenti Donald Tramp 1-avgustdan boshlab Meksika va Yevropa Ittifoqidan olib kiriladigan mahsulotlarga 30 foizlik boj solig‘i joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qaror AQSHning yirik savdo hamkorlari bilan olib borilgan muzokaralar samarasiz yakunlangani sababli qabul qilindi. Mazkur bojlar AQSHning Yevropa Ittifoqi va Meksika bilan savdo aloqalariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum bunday tahdidga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashishni tavsiya qildi va mamlakat suvereniteti hech qachon savdolashuv mavzusi bo‘lmasligini ta’kidladi. Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen esa bojlar transatlantik iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirgan hamda zarurat tug‘ilganda javob choralarini ko‘rishga tayyor ekanligini aytdi.

Shuningdek, Tramp boshqa 23 mamlakatga ham o‘xshash maktublar yuborgan bo‘lib, unda 20 foizdan 50 foizgacha boj solinishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan. Ushbu davlatlar qatorida Kanada, Yaponiya va Braziliya ham mavjud.

Bu holat global savdo munosabatlarida yangi keskinliklarni yuzaga keltirishi ehtimoldan holi emas. AQSH hukumati tomonidan qo‘yilgan ushbu cheklovlar savdo sohasida yangi muhokamalarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026