Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+15°
переменная облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Dunyodagi eng keksa yuguruvchi Fauja Singx vafot etdi

Dunyo
40
Dunyodagi eng keksa yuguruvchi Fauja Singx vafot etdi
Dunyodagi eng keksa yuguruvchi, hindistonlik Fauja Singx hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

U 114 yoshda edi. Marafon yugurishlari orqali dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lgan “salladagi tornado” deb atalgan Singx avtohalokat qurboniga aylandi.

Hindustan Times nashrining xabar berishicha, Singx o‘zining tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ida yo‘lni kesib o‘tayotgan paytda noma’lum haydovchi uni urib ketgan. Aybdor shaxs voqea joyidan qochib ketgan va hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uni izlamoqda.

Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan. Fauja Singx 1911 yil 1 aprelda tug‘ilgan.

Bolaligida yurishda qiynalganiga qaramay, yoshlikda sportni hayotining ajralmas qismiga aylantirgan. U 89 yoshida Angliyada marafon yugurishlarini jiddiy boshlagan va turli xalqaro musobaqalarda qatnashib, keksa avlod uchun ilhom manbai bo‘lgan.

2013 yilda 101 yoshida 10 kilometr masofani bir soat 32 daqiqa 28 soniyada bosib o‘tgan. Keyinchalik, 2016 yilda Mumbay marafonida ishtirok etgan.

So‘nggi yillarda esa yugurishdan tanaffus olib, musobaqalarni muxlis sifatida kuzatgan. Fauja Singxning hayoti sport, sabr-toqat va ruhiy kuch namunasi bo‘lib qoladi.

Minglab insonlar uchun ilhom manbai bo‘lgan uning xotirasi doimo qalblarda saqlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026