Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Xon Yunis shahri ikki qismga bo‘lingan

Dunyo
45
Xon Yunis shahri ikki qismga bo‘lingan
G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Isroil armiyasi tomonidan amalga oshirilgan so‘nggi operatsiya natijasida Xon Yunis shahri ikki qismga bo‘lingan – g‘arbiy va sharqiy hududlarga ajratildi. Isroilning bir qator axborot agentliklari bu haqda ma’lumot berdi.

“Magen Oz” nomli harbiy amaliyot yakunlandi. Ushbu operatsiya Isroil harbiylari uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosiy maqsadi XAMAS harakatining Xon Yunisdagi kuchlariga zarba berish va shaharning nazoratini qo‘lga kiritishdan iborat edi.

Yangi yo‘lakning umumiy uzunligi taxminan 15 kilometrni tashkil etadi. Operatsiyada Golani va Barak brigadalari ishtirok etdi.

Ular ikki tomonlama harakat qilib, o‘zaro birlashishga erishdilar. Janglar davomida bir necha hafta mobaynida XAMASning o‘nlab jangarilari yo‘q qilindi, shuningdek, yer osti infratuzilmalari, maxsus tunnellar va qurol-yarog‘ omborlari ham nishonga olindi.

Hozirda G‘azo sektori deyarli to‘liq segmentlarga bo‘lingan. Oldinroq Morag yo‘lagi orqali Rafah shahri Xon Yunisdan ajratilgan edi.

Endi yangi yaratilgan “Magen Oz” yo‘lagi aynan Xon Yunis shahrining o‘zini ikki qismga bo‘lib turibdi. Isroil harbiylari bu orqali ikki asosiy maqsadni ko‘zlamoqda: birinchisi XAMAS harakatining logistikasini murakkablashtirish, ikkinchisi esa gumanitar ehtiyojlar uchun xavfsiz yo‘nalishlar yaratish.

Ularning ta’biricha, bu taktika jang maydonini soddalashtirishga xizmat qiladi. Xalqaro kuzatuvchilar yangi vaziyatni jiddiy baholamoqda.

Aholining yashash joylarining uzluksiz bo‘linishi nafaqat harbiy, balki insonparvarlik jihatdan ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi holat G‘azodagi vaziyatning yanada murakkab va ziddiyatli tus olishini ko‘rsatmoqda.

Yangi frontlar va yo‘laklar orqali ta’sir doirasi kengaymoqda, ammo xavfsizlik va insonparvarlik masalalari ham dolzarblashmoqda. Fikrlar turlicha bo‘lsa-da, kurash afsuski, hozircha to‘xtamayapti.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026