ENRU

Coca-Cola AQShda qamish shakariga o‘tishga tayyorlanmoqda

Dunyo
49
Coca-Cola AQShda qamish shakariga o‘tishga tayyorlanmoqda
AQSh prezidenti Donald Trumpning so‘zlariga ko‘ra, Coca-Cola kompaniyasi AQShda sotiladigan mahsulotlarida makkajo‘xori siropi o‘rniga haqiqiy qamish shakaridan foydalanishga rozilik bildirgan. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda BBC xabar berdi. Trump o‘zining Truth Socialdagi postida Coca-Cola bilan ichimliklardagi shakar turi haqida gaplashganini, kompaniyaning bu taklifni qabul qilganini ma’lum qilgan.

U bunday qarorni ijobiy baholab, mahsulot sifatining yaxshilanishiga ishonch bildirgan. Kompaniya vakili esa bu o‘zgarishni rasmiy tasdiqlamagan, biroq prezidentning qiziqishini qadrlashlarini va yaqin kunlarda yangiliklar bilan bo‘lishishni va’dalagan.

Hozirda AQShda Coca-Cola ichimliklari asosan makkajo‘xori siropi bilan tayyorlanadi, boshqa davlatlarda esa qamish shakaridan foydalaniladi. Kompaniya bosh direktori James Quinsey esa aprelda ichimliklardagi shakar miqdorini kamaytirish va retseptlarni yangilash ustida ishlayotganini bildirgan.

Biroq, bu qaror AQShda makkajo‘xori sanoati uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Corn Refiners Association rahbari John Bode bu o‘zgarish minglab ish o‘rinlarining yo‘qolishiga va fermerlar daromadining kamayishiga olib kelishini aytgan.

U qamish shakarining ham sog‘liqqa foydali emasligini ta’kidlagan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash vaziri Robert F.

Kennedy Jr va uning "Make America Healthy Again" harakati makkajo‘xori siropi, sun’iy bo‘yoqlar va boshqa zararli moddalarni mahsulotlardan chiqarishni talab qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Donald Trump o‘zining Diet Coke ichimligini yaxshi ko‘radi va prezidentlik davrida Oq uyda maxsus tugma o‘rnatilib, uni tez-tez ushbu ichimlik bilan ta’minlashgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026