Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Yaponiya O‘zbekistondan ishchi kuchini ko‘paytirmoqchi

Dunyo
59
Yaponiya O‘zbekistondan ishchi kuchini ko‘paytirmoqchi
Yaponiya hukumati O‘zbekiston, Hindiston, Shri-Lanka hamda boshqa Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlaridan ko‘proq mehnat migrantlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Kursiv.media xabar berdi. Buning asosiy sababi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan, xususan Vetnam va Xitoydan kelayotgan ishchilar sonining kamayib borayotgani bilan bog‘liq.

Shu munosabat bilan yapon kompaniyasi Onodera User Run O‘zbekiston Mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlik bitimini imzoladi. Ushbu kompaniya o‘zbekistonlik yoshlarga yapon tilini o‘rgatadi va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlarga Yaponiyada ish topishda yordam beradi.

Har yili taxminan 200 nafar kishi restoran va qariyalar parvarishi sohalarida ishlash uchun tayyorlanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda Yaponiyada ishlashni istaganlar uchun uchta yapon tili o‘rganish markazi tashkil etildi.

Bu markazlar yaponiyalik talabalar va xorijlik ishchilarga yordam beruvchi kompaniya tomonidan ochilgan. Hozirda Yaponiyada atigi 346 nafar o‘zbekistonlik ishchi faoliyat yuritmoqda.

Xitoy va Vetnamdan ishchi kuchining kamayishi natijasida Yaponiyada zarur mutaxassislarni topish tobora qiyinlashmoqda. Shu bilan birga, Janubiy Koreya va Tayvan ham xorijiy ishchilarni jalb qilish borasida kuchli raqobat olib bormoqda, chunki u yerda ham ish haqlari oshmoqda.

Bu holat Yaponiyaning ishchi kuchi muammosini hal qilishda yangi yo‘llar izlashiga sabab bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026