ENRU

O'zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi olti foizdan oshdi

Iqtisodiyot
31
O'zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi olti foizdan oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning avgust oyida mamlakatimizda iste’mol narxlari indeksi 0,2 foizga ko‘tarildi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi esa 6,2 foiz darajasida qayd etildi. Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 0,4 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga, xizmat ko‘rsatish sohasidagi tariflar esa 0,1 foizga oshgan.

Hududlar kesimida eng yuqori inflyatsiya ko‘rsatkichi Toshkent shahrida kuzatilib, poytaxtda narxlar bir oyda 0,3 foizga, yillik nisbatda esa 6,8 foizga qimmatlashgan. Oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollari Iste’mol savatidagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Xususan, sabzi narxi 9,2 foizga, piyoz 6,2 foizga va guruch 2,2 foizga qimmatlashgan. Shuningdek, kundalik ehtiyoj tovarlaridan tuxum narxi 0,8 foizga, go‘sht mahsulotlari 0,7 foizga, pomidor 1,1 foizga va bodring 1,5 foizga oshgani kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash sohasida ham narxlar barqaror turmadi, xususan, dori vositalari avgust oyi davomida 0,2 foizga qimmatladi. Yoqilg‘i va transport xizmatlari Energiya resurslari va yoqilg‘i narxlaridagi o‘sish sur’ati yuqoriligicha qolmoqda.

Avtomobil benzini markasiga qarab bir oy ichida 6,7 foizgacha, o‘rtacha hisobda esa 1,9 foizga qimmatlagan. Yillik ko‘rsatkichda benzin narxi 20,2 foizga oshgani qayd etildi.

Suyultirilgan gaz, ya’ni propan narxi avgust oyida 5,8 foizga ko‘tarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41,4 foizlik o‘sishni tashkil etgan. Ushbu o‘zgarishlar transport xizmatlari narxiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatdi: aviatsiya xizmatlari 1,7 foizga, avtomobil transportida yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlari esa 0,6 foizga oshdi.

Avgust oyining oxirgi o‘n kunligida, o‘quv mavsumi boshlanishi arafasida turar joy ijarasi bozorida ham harakatlanish kuzatildi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, oy davomida ijara haqi o‘rtacha 0,4 foizga qimmatlashgan.

Bu ko‘rsatkichlar mamlakatdagi umumiy iqtisodiy holat va mavsumiy omillarning iste’mol bozoriga ta’sirini aks ettiradi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi sezilarli darajada pasaydi
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi sezilarli darajada pasaydi
O‘zbekiston iste’mol bozorida narxlar barqarorlashuvi kuzatilmoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning sentyabr oyida tovarlar va xizmatlar narxi
IqtisodiyotBugun, 03:49
O‘zbekistonga qahva importi rekord darajaga yetib o‘sishda davom etmoqda
O‘zbekistonga qahva importi rekord darajaga yetib o‘sishda davom etmoqda
O‘zbekiston iste’mol bozorida qahva ichish madaniyati jadal rivojlanishi natijasida ushbu mahsulot importi rekord darajaga yetdi. Statistika agentligi ma’lumotlariga
IqtisodiyotBugun, 02:51
O‘zbekistonga qo‘y go‘shti import qilish hajmi sezilarli oshdi
O‘zbekistonga qo‘y go‘shti import qilish hajmi sezilarli oshdi
O‘zbekiston ichki iste’mol bozorida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirish va narxlar barqarorligini saqlash maqsadida xorijdan qo‘y go‘shti olib kelish hajmi sezilarli darajada
IqtisodiyotBugun, 01:57
Dok-1 Maks ishi bo‘yicha jabrlanuvchilarga tovon pullari to‘lanmoqda
Dok-1 Maks ishi bo‘yicha jabrlanuvchilarga tovon pullari to‘lanmoqda
O‘zbekistonda shov-shuvli «Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha sud hukmi ijrosini ta’minlash va jabrlangan fuqarolarga tovon pullarini to‘lash jarayoni jadal davom ettirilmoqda.
IqtisodiyotBugun, 00:54
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026-yil 8-oktabr kunidan boshlab amal qiladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Mazkur
IqtisodiyotKecha, 23:58
Yevro kursi dollarga nisbatan so‘nggi bir yarim yildagi minimal darajaga tushdi
Yevro kursi dollarga nisbatan so‘nggi bir yarim yildagi minimal darajaga tushdi
Xalqaro valyuta bozorida Yevropa yagona valyutasi AQSH dollariga nisbatan so‘nggi bir yarim yil ichidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bloomberg agentligi
IqtisodiyotKecha, 00:57