Bugun
Lineker: Reshfordning Barselonaga o‘tishi yaxshi yangilik
+30°
ясно ветер 2.1 м/с, В

2025 yilda ajrimlar soni oshdi, nikohlar kamaydi

Jamiyat
4
2025 yilda ajrimlar soni oshdi, nikohlar kamaydi
2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda demografik vaziyat tahlili ko‘rsatdiki, nikohlar soni kamayishi fonida ajrimlar soni sezilarli darajada oshgan. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi. Joriy yil yanvar oyidan iyun oyigacha respublika bo‘yicha jami 23,3 ming ta ajrim qayd etildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ajrimlar soni 0,8 mingga oshgan. E’tiborlisi, ajrimlarning ko‘pchiligi shahar hududlarida yuz bergan bo‘lib, ularning soni 14,1 mingni tashkil etdi, bu umumiy ajrimlarning 60,6 foizini tashkil etadi.

Qishloq joylarida esa 9,2 ming ta ajrim ro‘yxatga olingan, bu esa 39,4 foizga teng. Hududlar kesimida ajrimlar bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni Toshkent shahri 1,5 ming, Toshkent viloyati 1,2 ming va Farg‘ona viloyati 1,2 ming holat bilan egalladi.

Eng kam ajrimlar Navoiy viloyatida — 310 ta qayd etildi. Shu bilan birga, ajrimlar sonining oshishiga qaramay, 2025 yilning birinchi yarmida yangi nikohlar soni 2,1 mingga kamayib, 95,3 mingni tashkil etdi.

Solishtirish uchun, 2024 yilning shu davrida 97,4 ming nikoh qayd qilingan edi. Yangi nikohlarning 48,7 mingtasi, ya’ni 51,1 foizi shaharlarda, 46,6 mingtasi yoki 48,9 foizi esa qishloq joylarida ro‘yxatga olingan.

O‘xshash yangiliklar

Oʻzbekistonda tugʻilish va oila qurishlar soni kamaydi, oʻlimlar soni esa oshdi
Oʻzbekistonda tugʻilish va oila qurishlar soni kamaydi, oʻlimlar soni esa oshdi
2025 yilning 1 yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 37 mln 543 ming nafarga etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma'lum qildi. Umumiy aholining 50,4 foizini erkaklar, 49,6
Oʻzbekiston 21:50, 29-01-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Asad ag‘darilgandan so‘ng Suriya qanday hayot kechirmoqda?
Asad ag‘darilgandan so‘ng Suriya qanday hayot kechirmoqda?
2024 yil dekabrida Suriyada Asadlar rejimining ellik yillik hukmronligi yakun topdi. Ko‘plab suriyaliklar erkinlikdan bahramand bo‘lishda davom etmoqda, biroq mamlakat barqarorlikka erishdi, deb
Dunyo 21:34, 23-03-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025