Bugun
Moskva portlashi bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda
+10°
ясно ветер 1 м/с, С

Qibrayda do‘kon va uyda yong‘in yuz berdi

Jamiyat
12
Qibrayda do‘kon va uyda yong‘in yuz berdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma’lumot berildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

23 iyul kuni soat 10:50 atrofida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yong‘in haqida xabar kelib tushdi. Hodisa Qibray tumani, Alisher Navoiy ko‘chasidagi “G.G‘ulom” mahallasida sodir bo‘ldi.

Voqea joyiga yetib borish uchun Favqulodda vaziyatlar xodimlari 7 daqiqa vaqt sarfladi. Ular yong‘in sabab uy va qurilish materiallari do‘koni yonganini aniqladi.

Soat 11:17 ga kelib beshta yong‘in-qutqaruv brigadasi yong‘inni nazorat ostiga oldi. Keyingi 33 daqiqada esa yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Hozircha hodisa natijasida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Yong‘in sababini aniqlash va moddiy zarar miqdorini baholash ishlari davom etmoqda.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar