Bugun
Tramp 20 davlat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqladi
+7°
туман ветер 1 м/с, С

Bostanliqdagi o‘rmon yong‘ini lokalizatsiya qilindi

Jamiyat
19
Bostanliqdagi o‘rmon yong‘ini lokalizatsiya qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, 31 iyul kuni soat 13:00 atrofida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bostanliq tumanidagi o‘rmon xo‘jaligi hududida yong‘in haqida xabar kelib tushdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Yong‘in "Burchmullo" o‘rmon xo‘jaligi hududida, aynan MChJ "Burchmullo" hududida quruq o'tlarning yonishi sababli yuzaga kelgan. Voqea joyiga Toshkent viloyati yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari xodimlari darhol yuborildi.

Hozirda ular o‘rmon xo‘jaligi xodimlari bilan birgalikda ochiq maydondagi yong‘inni o‘chirish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Soat 16:41 da yong‘in lokalizatsiya qilindi.

Yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda. Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Vaziyat nazorat ostida ushlab turilmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar