Bugun
Lamin Yamal sentyabr oyining oxirida maydonga qaytadi.
+19°
ясно ветер 4.1 м/с, С

Yozyovonda litsenziyasiz dorixona faoliyati to‘xtatildi

Jamiyat
6
Yozyovonda litsenziyasiz dorixona faoliyati to‘xtatildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati tomonidan noqonuniy dori-darmon do‘koni aniqlangani haqida ma’lum qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Yozyovon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida MChJ "D.X."ga tegishli bo‘lgan, Yozyovon mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan dorixona faoliyati litsenziyasiz amalga oshirilayotgani aniqlangan. Ushbu dorixonadan jami 24 723 dona turli dori vositalari olib qo‘yilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 154,3 million so‘mni tashkil etadi.

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, ushbu dorixonada sotilayotgan dori vositalarining to‘rtta turi O‘zbekiston hududida qo‘llanishi taqiqlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Sifat jihatdan yomon yoki soxtalashtirilgan dori vositalarini ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, tashish yoki sotish, shuningdek, dorixonalar va ularning filiallarsiz dori vositalarini realizatsiya qilish, kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni o‘z ichiga olgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana savdoda tartibni buzish" moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda ko‘cha futboli bo‘yicha Red Bull Four 2 Score turniri yakunlandi: chempionlar Avstriyaga yo‘l oladi!
Toshkentda ko‘cha futboli bo‘yicha Red Bull Four 2 Score turniri yakunlandi: chempionlar Avstriyaga yo‘l oladi!
Joriy yilning 27 aprel sanasida Toshkent shahrida ko‘cha futboli bo‘yicha o‘ziga xos va qiziqarli formatda o‘tkazilgan Red Bull Four 2 Score xalqaro turnirining milliy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Sport 15:28, 28-04-2025
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1997 yildan beri amal qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani tubdan yangilash maqsadida taqdim etilgan yangi qonun
Jamiyat 13:46, 30-07-2025
General Ivan Popov Zaporijjyada orden bilan taqdirlandi
General Ivan Popov Zaporijjyada orden bilan taqdirlandi
Rossiya Qurolli Kuchlari 58-armiyasining sobiq qo‘mondoni, general Ivan Popov yangi mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Unga Zaporijjya viloyatining Rossiya nazoratidagi
Dunyo 16:18, 25-07-2025
Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi
Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi
Raqobat qo‘mitasi Pepsi savdo belgisiga egalik qiluvchi «International Beverages Tashkent» kompaniyasiga Baraka market supermarketlar tarmog‘ini sotib olishga ruxsat bergan. Bu haqda qo‘mita axborot
Iqtisodiyot 14:10, 3-03-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025