
Tojikistonlik sayohatchi Shaxriyor Azizov monotsiklda butun dunyo bo‘ylab sayohat qilmoqda va hozirda O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Mamlakat yo‘llari uning uchun haqiqiy sinovga aylandi. Uning noyob transport vositasi — monotsikl — yuqori darajada muvozanat va chidamlilikni talab qiladi.
O‘zbekistonga kirgach, u ba’zi yo‘llar bu turdagi sayohatlar uchun qulay emasligini anglab yetdi. Yoriq asfalt va veloinfratuzilmaning yetishmasligi uning yo‘lini qiyinlashtirdi.
Shunga qaramay, u safarini davom ettirmoqda va mahalliy aholining mehmondo‘stligi hamda mamlakatning boy madaniyati bilan tanishib, hayratda qolmoqda. Shaxriyor Azizov o‘z sayohatini doimiy ravishda hujjatlashtirib boradi, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida video hisobotlar va suratlar bilan bo‘lishadi.
Ayniqsa, tog‘ manzaralari, gavjum shaharlar va kutilmagan sarguzashtlarni ko‘rsatgan qisqa videolar va hikoyalarda o‘z his-tuyg‘ularini jonli ifoda etadi. Bu sayohat unga katta tajriba va yangi taassurotlar olib kelmoqda.