
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatida rasmiy bayonot e’lon qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahrida bir qizga maxsus ravishda OIV yuqtirilgan igna bilan jarohat yetkazilgani haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tergov-surishtiruv ishlari olib bordi.
Surishtiruv natijasida mazkur xabar yolg‘onligi aniqlandi. OIV yuqtirishga o‘xshash holatlar tasdiqlanmadi.
Mazkur holat bo‘yicha dastlabki tergov tekshiruvi davom etmoqda. Ichki ishlar organlari ushbu noto‘g‘ri ma’lumotni tarqatgan shaxsni aniqlab, qonuniy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.
Fuqarolardan soxta ma’lumotlarga ishonmaslik va rasmiy manbalardan xabardor bo‘lishlarini so‘raymiz.