
Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, narkotik moddalarni saqlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.
Namangan viloyati Pap tumanidagi Kushminor mahallasida joylashgan doimiy DPS posti xodimlari tomonidan Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchisi tekshirildi. Avtomobilni boshqarayotgan shaxs Farg‘ona viloyati Furqat tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan erkak bo‘lib, u Toshkent shahriga yo‘l olgan edi.
Haydovchining shaxsiy ko‘zdan kechirilishi va avtomobil ichidagi tekshiruv natijasida 0,23 gramm gashish va 1,36 gramm marixuana moddasi aniqlanib, musodara qilindi. Aniqlangan va musodara qilingan narkotik moddalar jinoyat ishi materiallariga dalil sifatida qo‘shildi.
Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Narkotik vositalarni noqonuniy ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash va boshqa harakatlar, ularni savdo maqsadida bo‘lmagan holda” mavzusidagi 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ushbu jinoyat uchun ayblanuvchiga uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.