Bugun
Argentinalik futbolchi Belgrano klubiga xayriya qildi
+31°
ясно ветер 3.1 м/с, СЗ

Toshkentda minorali kran qulab, operator halok bo‘ldi

Jamiyat
6
Toshkentda minorali kran qulab, operator halok bo‘ldi
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi matbuot xizmatida minorali kranning qulashiga oid rasmiy bayonot e’lon qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Joriy yilning 8 sentyabr kuni soat taxminan 16:10 da Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Tirsakobod ko‘chasida joylashgan “Dumbirobod Siti” qurilish maydonchasida favqulodda hodisa yuz berdi. Minorali kranni o‘rnatish jarayonida u qulab tushdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kran poydevorga mustahkam bog‘lanmaganligi sababli, keyingi qismlarini o‘rnatish uchun harakatlanayotganda egilib, poydevorga bog‘lanmagan ikkita tayanch qismi yerga yiqildi. Ushbu hodisa natijasida kran kabinasida bo‘lgan kran operatori halok bo‘ldi.

Shuningdek, ikki nafar ishchi turli darajadagi jarohatlar olib, shifoxonaga yotqizildi. Toshkent shahar sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi boshqarmasi tomonidan hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash va sabablari yuzasidan ekspert-texnik komissiya tuzildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu holat qurilish sohasida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishning muhimligini yana bir bor ta’kidlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Ozoda Nursaidovani klipi jarayonida jarohat olgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi
Ozoda Nursaidovani klipi jarayonida jarohat olgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi
Ozoda Nursaidovaning klipida suratga tushish jarayonida mashina tagida qolgan Sabrina Jabborova operatsiya uchun Turkiyaga olib ketilishi ma’lum qilindi. Bu haqda aktrisaning o‘zi Instagram
Jamiyat 23:34, 14-03-2025
Leningradda qurilishda ikki o‘zbek halok bo‘ldi
Leningradda qurilishda ikki o‘zbek halok bo‘ldi
Rossiya Federatsiyasi Leningrad viloyatida qurilish maydonchasida yuz bergan baxtsiz hodisa tufayli ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining halok bo‘lishi holati bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Jamiyat 17:25, 21-07-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
Qingxayda ko‘prik qulab, 12 ishchi halok bo‘ldi
Qingxayda ko‘prik qulab, 12 ishchi halok bo‘ldi
Xitoyning Qingxay viloyatida 22 avgust kuni tongda katta falokat yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Jainka tumanida qurilayotgan ko‘prikning asosiy kabeli uzilib, butun konstruksiya qulab
Dunyo 22:07, 23-08-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025