Bugun
Apple iPhone 17 Air faqat eSIM bilan taqdim etiladi
+32°
ясно ветер 5.1 м/с, СЗ

Samarqandda soxta aroq savdosi fosh etildi

Jamiyat
0
Samarqandda soxta aroq savdosi fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati tomonidan soxta aroq savdosiga chek qo‘yilgani haqida ma’lum qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Samarqand viloyati bo‘yicha Departament xodimlari tomonidan maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Samarqand tumani “Parrandachilik” MFYdagi “G.A.” MChJga qarashli do‘konda tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruvda ushbu do‘konda noqonuniy tayyorlangan soxta alkogolli ichimliklar savdosi amalga oshirilayotgani aniqlanib, jami 4218 shisha soxta aroq hamda 1720 quti sigaret hujjatsiz holatda musodara qilindi. Musodara qilingan tovarlarning umumiy qiymati 134,7 million so‘mni tashkil etdi.

Soxta aroq shishalariga qalbaki aksiz markalari yopishtirilgani qayd etildi. Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Qalbaki pul, aksiz markalari yoki qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash va sotish” hamda “Etanol spirtini, alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish yoki savdosi” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Soxta alkogol mahsulotlari sotilishi oldi olindi
Soxta alkogol mahsulotlari sotilishi oldi olindi
Sifatli bo‘lmagan alkogol mahsulotlarini sotilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh Prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Yangi bozor tuman bo‘limi
Jamiyat 18:11, 17-07-2025
Shahrisabzda yashirin alkogol sexi fosh etildi
Shahrisabzda yashirin alkogol sexi fosh etildi
Shahrisabz shahar boshqarmasi xodimlari va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan maxsus operativ tadbir davomida yashirin alkogol ishlab chiqarish sexi aniqlanganligi haqida Bosh
Jamiyat 12:51, 22-07-2025
Kontrabanda tamaki savdosi Almazarda to‘xtatildi
Kontrabanda tamaki savdosi Almazarda to‘xtatildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament matbuot xizmatining xabar berishicha, kontrabanda yo‘li bilan tamaki mahsulotlari savdosi to‘xtatildi. Bu haqida Upl.uz xabar
Jamiyat 20:04, 18-07-2025
Qirg‘izistondan tamaki kontrabandasi fosh etildi
Qirg‘izistondan tamaki kontrabandasi fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati tomonidan chekish mahsulotlari kontrabandasining oldi olindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Rishton tumani boshqarmasi xodimlari hamda Davlat
Jamiyat Kecha, 11:57
Almalyqda noqonuniy tamaki savdosi to‘xtatildi
Almalyqda noqonuniy tamaki savdosi to‘xtatildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati tomonidan noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi to‘xtatilgani haqida ma’lum qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Almalyk shahar bo‘yicha
Jamiyat 11:31, 9-08-2025