Bugun
O‘zbekistonda ishsizlik kamaydi, lekin muammolar saqlanmoqda
+13°
ясно ветер 1 м/с, С

Toshkentda xususiy uyda yong‘in yuz berdi

Jamiyat
20
Toshkentda xususiy uyda yong‘in yuz berdi
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, 2024 yil 18 iyul kuni soat taxminan 21:30da shahar hududidagi xususiy uylardan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Hodisa Shayxontohur tumani, Nurabad ko‘chasi, 2-tor manzilida sodir bo‘ldi. Yong‘in haqida xabar kelishi bilan Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari voqea joyiga yetib bordi va zudlik bilan yong‘inni o‘chirish ishlarini boshladi.

Soat 22:13da yong‘in nazoratga olindi, 22:33da esa to‘liq o‘chirildi. Yong‘in oqibatida hech kim jarohat olgani yo‘q.

Hozirda yong‘inning sabablarini aniqlash va moddiy zarar miqdorini baholash ishlari davom etmoqda. Ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar