Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Killian Merfi Lord Voldemort rolini rad etdi

Madaniyat
77
Killian Merfi Lord Voldemort rolini rad etdi
Garri Potter olamining yangi serial versiyasida Lord Voldemort rolini kim ijro etishi haqida ko‘plab taxminlar mavjud. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Internetda asosiy nomzod sifatida tilga olingan aktyor Killian Merfi bu masalaga oydinlik kiritdi. U «Happy Sad Confused» podkastida qatnashib, Voldemort obraziga oid tarqalgan mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Merfi ushbu loyihada ishtirok etmasligini aniq ma’lum qildi va bu haqda tarqalgan gap-so‘zlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi. Shuningdek, u Lord Voldemort rolini avvalgi filmlarda ijro etgan Reyf Faynsni haqiqiy afsona deb hisoblashini aytdi.

Aktyor mish-mishlarning qayerdan paydo bo‘lganini ham tushuntirdi va Garri Potter olamidagi yangi serialda ishtirok etishi yoki etmasligi bilan bog‘liq savollarga javob berdi. Eslatib o‘tamiz, Garri Potter olamidagi yangi serial 2023 yil bahorida e’lon qilingan.

Operator Adriano Goldman birinchi mavsum sakkiz qismdan iborat bo‘lishini ma’lum qilgan. Ushbu loyiha umumiy suratga olish jarayoni taxminan o‘n yil davom etishi va yetti yoki undan ortiq mavsum tayyorlanishi rejalashtirilgan.

Yangi serialda Garri Potter rolini Dominik Maklafling, Germiona Grenjer va Ron Uesli rollarini esa Arabella Stenton hamda Alaster Staut ijro etadi. Yaqinda internetda Ueslilar oilasi ishtirokidagi birinchi kadrlar ham namoyish etildi.

Bu serial muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda va Garri Potter olamining yangi sahifasi sifatida e’tibor qozonmoqda.
Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026