Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 20 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 3 m/s, sharq
ENRU

Patrik Shvartsenegger Abbi Champion bilan turmush qurdi

Madaniyat
31
Patrik Shvartsenegger Abbi Champion bilan turmush qurdi
Gollivud aktyori Arnold Shvartseneggerning o‘g‘li Patrik Shvartsenegger amerikalik model Abbi Champion bilan turmush qurdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Juftlik o‘z munosabatlarini Aydaho shtatidagi ko‘l sohilida o‘tkazilgan samimiy marosimda rasmiylashtirdi. To‘y tadbiri Coeur d’Alene ko‘lining qoyasida mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Marosimda aktyorning 78 yoshli otasi Arnold Shvartsenegger ham qatnashdi. Xorijiy ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, Gozzer Ranch nomli xususiy golf va kantri klubida o‘tkazilgan ushbu uch kunlik to‘y tadbirining qiymati 20 ming dollardan boshlanadi.

Abbi oq rangdagi uzun yubka va yengsiz libosda kelin sifatida ko‘rindi. Uning ko‘rinishini nozik parda to‘ldirdi.

Patrik esa qora shim va ko‘ylakda kelinning libosiga mos keladigan obraz yaratdi. Juftlik 2015 yildan beri birga yashamoqda.

Ular sakkiz yil o‘tib, 2023 yil dekabr oyida unashtirilganliklarini e’lon qilishdi. Patrik Drew Barrymore shousida unashtirilgani haqida gapirib, “Biz bir yarim yil oldin unashtirilgan edik.

To‘g‘ri vaqtni kutdik va bu juda ajoyib bo‘ldi,” dedi. Ushbu to‘y ikki yosh uchun muhim va esda qolarli voqea bo‘ldi.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026