Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Garri Potter serialida Volan-de-Mort roliga uch aktyor nomzodi

Madaniyat
74
Garri Potter serialida Volan-de-Mort roliga uch aktyor nomzodi
HBO tomonidan suratga olinayotgan yangi “Garri Potter” seriali atrofida muxlislar katta qiziqish bilan fikr bildirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Eng ko‘p muhokama qilinayotgan savollardan biri qorong‘u sehrgar Lord Volan-de-Mort obrazini kim ijro etishi mumkinligi hisoblanadi. IMDb saytining ma’lumotlariga ko‘ra, Warner Bros.

studiyasi allaqachon bu rol uchun aktyorni tanlab qo‘ygani aytilmoqda, biroq hozircha ushbu ma’lumotni oshkor qilmayapti. Shu bois, muxlislar orasida uch aktyor nomi eng jiddiy nomzod sifatida tilga olinmoqda.

Birinchi variant — Nikolas Xoult. U o‘tgan yili “Garri Potter” haqidagi original filmlardagi turli rollarga, hatto bosh qahramon uchun ham kastingdan o‘tgan edi.

Hozirda britaniyalik aktyorning yangi serialda Volan-de-Mort rolini ijro etishi mumkinligi haqida taxminlar mavjud. Ikkinchi nomzod — Killian Merfi.

Uning “Betmen boshlanadi” filmidagi doktor Jonatan Kreyn (Qo‘rqoq) roli muxlislar tomonidan yovuzlik va noziklikni uyg‘un ifodalash misoli sifatida qadrlanadi. Merfi o‘zining mahorati bilan murakkab xarakterlarni jonlantirishda yuqori darajada ijro ko‘rsatgan.

Uchinchi da’vogar — Ostin Butler. U Baz Lurman rejissyorligidagi “Elvis” filmidagi asosiy rol va “Dune: Ikkinchi qism”dagi Feyd-Rauta obrazlari orqali murakkab va yovuz xarakterlarni muvaffaqiyatli ijro etgan.

Bu esa uni Volan-de-Mort roliga jiddiy raqobatchiga aylantirmoqda. Hozircha rasmiy ma’lumotlar bo‘lmasa-da, ushbu uch aktyorning nomlari muxlislar orasida eng ko‘p tilga olinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
MadaniyatKecha, 23:43
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
MadaniyatKecha, 01:56
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026