Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+19°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Rossiyada yozda “Lilo & Stitch” eng ko‘p tomosha qilindi

Madaniyat
73
Rossiyada yozda “Lilo & Stitch” eng ko‘p tomosha qilindi
Rossiyada yoz mavsumida eng ko‘p norasmiy tomosha qilingan film sifatida “Lilo & Stitch” nomli kino qayd etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Film distribyutorlari byulleteni” ma’lum qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu filmning norasmiy daromadi 700 dan 800 million rublgacha baholanmoqda.

Film 2002 yilda chiqqan mashhur multfilm asosida yaratilgan bo‘lib, unda Gavayada yashovchi Lilo ismli qiz va uning noodatiy do‘sti Stitchning sarguzashtlari tasvirlangan. Yangi versiyada Stitch obrazini Kris Sanders ovoz bilan jonlantirgan.

Lilo rolini Maya Kealoxa, uning opasi Nanini esa Sidney Elizabet Agudong ijro etgan. Shuningdek, filmda Zak Galifianakis, Billi Magnussen va Xanna Uoddingem ham ishtirok etgan.

Kartinaga Din Fleysher Kamp rejissyorlik qilgan. Jonli remeyk global miqyosda 1 milliard dollardan ortiq daromad yig‘ib, 2025 yilda bunday natijaga erishgan ilk Gollivud filmi bo‘ldi.

Rossiyada yozgi pirat reytingida ikkinchi o‘rinni “Ajdahoni qanday o‘rgatish kerak” filmi egallagan bo‘lib, uning norasmiy daromadi 420–480 million rubl atrofida baholanmoqda. Uchinchi o‘rin “Minecraft in Cinema” filmiga tegishli bo‘lib, uning daromadi 300–350 million rublni tashkil etadi.

To‘rtinchi o‘rinda Bred Pitt ishtirokidagi F1 sport dramasi joylashgan, uning norasmiy daromadi 280–320 million rubl atrofida baholanmoqda. Beshinchi o‘rin “Yura davri dunyosi: Qayta tirilish” filmiga nasib qilgan bo‘lib, uning daromadi 180–220 million rublni tashkil etadi.

Ushbu ma’lumotlar Rossiyada yozgi mavsumda eng ko‘p tomosha qilingan pirat filmlarning reytingini aks ettiradi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026