Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 0 м/с, СВ
ENRU

The Witcher 4-mavsum oktyabrda taqdim etiladi

Madaniyat
41
The Witcher 4-mavsum oktyabrda taqdim etiladi
Netflix kompaniyasi mashhur “The Witcher” serialining to‘rtinchi mavsumini joriy yil oktyabr oyida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Tasvirga olish ishlari bir yil oldin yakunlangan bo‘lib, hozirda post-prodyuserlik jarayonlari davom etmoqda. Yangi mavsumda bosh qahramon Geralt rolini birinchi marta Liam Xemsvort ijro etadi.

Serial jami 8 qismdan iborat bo‘lib, barcha qismlar bir kunda tomoshabinlarga taqdim etiladi. Ushbu uslub Netflix tomonidan oldingi uchinchi mavsumda ham qo‘llanilgan va “Stranger Things” hamda “Wednesday” kabi loyihalarda davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, “The Rats: Witcher’s Tale” nomli spin-off filmi joriy yil oxiriga qadar namoyish etilishi kutilmoqda, ammo aniq taqdimot sanasi hozircha ma’lum emas. Aktyor o‘zgarishi muxlislar orasida keng muhokama qilinmoqda.

Uch mavsum davomida bosh qahramonni ijro etgan Genri Kavill loyihani tark etdi. Buning sabablari orasida boshqa loyihalarga bandlik va qahramonning talqinida ijodiy kelishmovchiliklar mavjud.

Kavill asarga sodiq qolishni xohlagan bo‘lsa, ssenariy mualliflari yangi yo‘nalishdagi hikoyalarni yaratishga harakat qilgan. Shunday qilib, “The Witcher” serialining yangi mavsumi muxlislar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026