Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Buxoroda ilk biyennale san’at ko‘rgazmasi ochildi

Madaniyat
80
Buxoroda ilk biyennale san’at ko‘rgazmasi ochildi
Buxoro shahrida 5 sentyabrdan 20 noyabrgacha ilk Buxoro biyennalesi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu yirik tadbir boy tariximiz, milliy an’analarimiz va asrab-avaylab kelayotgan hunarmandchiligimizning noyob namoyishi hisoblanadi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, biyennale milliy g‘ururimiz va davlatchiligimizning muhim tayanchi sifatida tashkil etilmoqda.

Buxoro biyennalesi zamonaviy va amaliy san’at ko‘rgazmasi bo‘lib, unda rassomlar, hunarmandlar, oshpazlar va shoirlar qadimiy merosimizni zamonaviy tasvir va ifodalar bilan boyitmoqda. Tadbir jahon hamjamiyatining katta e’tiborini qozonib, san’atga qiziqish uyg‘otmoqda hamda eng iste’dodli ijodkorlarni o‘ziga jalb qilmoqda.

Biyennale doirasida zamonaviy rassomlar bilan suhbatlar, musiqiy chiqishlar, bosh oshpazlar uchrashuvlari, hunarmandlar tomonidan mahorat darslari, san’at tarixi simpoziumi va she’riy dasturlar tashkil etiladi. Tadbirda Diana Kempbell, Laylo Gohar, Subodh Gupta, Karsten Hoyeller, Jeong Kvan, Yelena Reygadas va Tavares Strahan kabi xalqaro miqyosdagi san’atkorlar ishtirok etadi.

Bu kabi xalqaro ahamiyatga ega loyihalar orqali O‘zbekiston o‘zining noyob brendiga ega bo‘lib, ijod va ilhom maskaniga aylanmoqda. Buxoro biyennalesi mamlakatimizning madaniy merosini dunyo miqyosida yanada keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026