Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 20 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 3 m/s, sharq
ENRU

Bollivudning eng ko‘p maosh oladigan besh aktrisasi

Madaniyat
139
Bollivudning eng ko‘p maosh oladigan besh aktrisasi
Bollivud sanoati nafaqat filmlari, balki yulduzlarining yuqori darajadagi daromadlari bilan ham mashhurdir. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Hindiston kino olamida aktrisalar orasida kuchli raqobat mavjud bo‘lib, ularning har biri katta miqdorda maosh oladi. Quyida eng ko‘p maosh oladigan mashhur aktrisalar haqida ma’lumot beriladi.

Birinchi o‘rinda Dipika Padukone turadi. U Hindistonda “Shoh malikasi” deb ataladi va har bir film uchun 15 dan 20 karror rupiygacha maosh oladi.

“Padmavat” va “Chennai Express” kabi filmlardan so‘ng u eng yuqori daromadli aktrisalar qatoriga kirgan. Ikkinchi o‘rinda Priyanka Chopra Jonas bor.

U Gollivud va Bollivud kinolarini birlashtirgan yulduz hisoblanadi. Priyanka har bir film uchun 14 dan 18 karror rupiygacha daromad oladi.

Shuningdek, xalqaro loyihalardagi ishtiroki uning daromadini yanada oshirgan. Uchinchi o‘rinda Kareena Kapoor Khan joylashgan.

U uzoq yillardan beri Bollivud sahnasining yorqin yulduzlaridan biri hisoblanadi. Kareena har bir film uchun 12 dan 15 karror rupiygacha maosh oladi.

Reklama shartnomalari orqali ham katta daromadga ega. To‘rtinchi o‘rinda Alia Bhatt turadi.

Yosh bo‘lishiga qaramay, u katta muvaffaqiyatlarga erishgan aktrisadir. Alia hozirda har bir film uchun 10 dan 12 karror rupiygacha maosh oladi.

Beshinchi o‘rinda Katrina Kaif bor. U mashhur raqs sahnalari va yirik loyihalari bilan tanilgan.

Katrina har bir film uchun o‘rtacha 9 dan 11 karror rupiygacha maosh oladi. Shunday qilib, Bollivudning eng ko‘p maosh oladigan aktrisalari yuqorida keltirilgan bo‘lib, ular kino sanoatining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi va katta daromadga ega.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026