Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 3 м/с, С
ENRU

Muhriddin Xoliqov tavalludining 66 yilligi nishonlandi

Madaniyat
52
Muhriddin Xoliqov tavalludining 66 yilligi nishonlandi
5 sentyabr kuni o‘zbek estradasining sevimli xonandasi Muhriddin Xoliqovning tavalludining 66 yilligi nishonlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

U «Qishloqdagi qiz», «Bu dunyo» va «Uzatamiz» kabi ko‘plab mashhur qo‘shiqlarning ijrochisi sifatida tanilgan. Shu munosabat bilan muxlislar uchun san’atkorning repertuari asosida qiziqarli test tayyorlandi.

Muhriddin Xoliqov 1959-yil 5 sentyabrda Namangan shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. Bolaligidan musiqa va qo‘shiq kuylashga qiziqqan u, akkordeon va rubob asboblarida ham yaxshi ijro etgan.

Otasi unga san’at yo‘lida xizmat qilishni doimo eslatgan. Katta sahnaga u ilk bor «Parizod» qo‘shig‘i bilan chiqdi.

Har bir qo‘shig‘i o‘ziga xos va boshqacha bo‘lishiga katta e’tibor bergan. Kunining ko‘p vaqtini qo‘shiq yozishga sarflagan, bo‘sh vaqtlarida esa futbol bilan shug‘ullanib, charchoqni yenggan.

Muhriddin Xoliqov Sherali Jo‘rayevning shogirdi bo‘lib, Ozodbek Nazarbekov, Abdulla Qurbonov va Anvar Sanayev kabi san’atkorlarning ustozi ham hisoblanadi. U «Laylim», «Go‘zalim», «Besh kunlik dunyo», «Boqma», «Nozanin» va «Qizg‘aldog‘im» kabi ko‘plab mashhur qo‘shiqlarni kuylagan.

Faoliyati davomida yigirmaga yaqin konsert dasturlarini taqdim etgan, ularning eng oxirgisi 2000-yilda bo‘lib o‘tgan. Afsuski, Muhriddin Xoliqov 2001-yil 21 noyabrda hayotdan ko‘z yumgan.

Uning ijodi o‘zbek estradasida o‘chmas iz qoldirdi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026