Bugun
Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
+24°
ясно ветер 2 м/с, З
ENRU

Jerar Deparde yana jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

Madaniyat
36
Jerar Deparde yana jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda
Fransiyaning taniqli aktyori, 76 yoshli Jerar Deparde yana jinsiy zo‘ravonlik va zo‘rlash ayblovlari bilan sudga tortilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

The Guardian nashri bu haqda xabar berdi. Aktrisa Sharlotta Arnould, u aktyorning sobiq do‘stining qizi bo‘lib, bolaligidan tanishini aytadi.

Unga ko‘ra, 2018 yil yozida, 22 yoshida Parijdagi Jerar Depardening uyida ikki marta zo‘rlashga uchragan. Shundan so‘ng, aktrisa Fransiya janubidagi jandarmeriyaga murojaat qilgan.

Sharlotta ijtimoiy tarmoqlarda yetti yil davomida katta azob-uqubatlarga duch kelganini va ariza yozgach, ozgina yengillik his qilganini ta’kidladi. Jerar Deparde esa barcha ayblovlarni qat’iyan rad etib, voqealar o‘zaro rozilik asosida bo‘lganini bildiradi.

2023 yilda Le Figaro gazetasida chop etilgan maktubida u hech qachon ayolni zo‘rlamaganini aytgan. Bundan tashqari, aktyor ilgari ham boshqa jinoyatlar bo‘yicha sudlangan.

U rassom Ameli, 53 yoshli prodyuser va 33 yoshli rejissyor yordamchisiga nisbatan haqorat va bezorilik qilgani uchun sud hukmi olgan. 2025 yil may oyida esa ikki ayolga nisbatan zo‘ravonlik qilgani uchun 18 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Shuningdek, Deparde ikki yil davomida fuqarolik huquqlaridan, jumladan saylovlarda ishtirok etish huquqidan mahrum qilindi. Aktyor jinsiy jinoyatchilar ro‘yxatiga ham kiritilgan.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026