Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Kimetsu no Yaiba filmi Shimoliy Amerikada rekord o‘rnatdi

Madaniyat
65
Kimetsu no Yaiba filmi Shimoliy Amerikada rekord o‘rnatdi
Sony Pictures kompaniyasining “Kimetsu no Yaiba Infinity Castle” filmi Shimoliy Amerikada katta muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Film faqat birinchi haftasida AQSh va Kanadada 70 million dollar daromad keltirib, 1999 yilda chiqarilgan “Pokemon: The First Movie — Mewtwo Strikes Back” filmiga tegishli bo‘lgan 31 million dollarlik ochilish rekordini yangiladi. Box Office Pro mutaxassislari ushbu filmdan 60 dan 75 million dollar atrofida daromad olishni kutayotgan edi, ammo natija kutilganidan ham yuqori bo‘ldi.

“Demon Slayer” mashhur yapon komiksiga asoslangan bo‘lib, dunyo bo‘ylab 220 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Bu asar asosida ko‘plab seriallar, o‘yinlar va filmlar ishlab chiqilgan.

Yangi film esa Crunchyroll platformasi orqali tarqatilgan trilogiyaning birinchi qismi hisoblanadi va jahon bo‘ylab taxminan 280 million dollar daromad keltirdi. Mutaxassislar fikricha, “Demon Slayer” anime janrida sifat va ommaboplikning yangi davrini boshlab berdi.

Shuningdek, Sony kompaniyasi bu sohada o‘z kuchini Netflix uchun ishlab chiqilgan “KPop Demon Hunters” filmida ham namoyon qilgan. Anime janrining keng ommalashishi Sony’ning o‘yin, musiqa, kino va televideniye sohalaridagi biznesiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda va uning ulushini sezilarli darajada oshirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026