ENRU

Isroilda falastinlik bola haqidagi film mukofotlandi

Madaniyat
66
Isroilda falastinlik bola haqidagi film mukofotlandi
Isroilda falastinlik bolaning hayotidan hikoya qiluvchi “Dengiz” filmi mamlakatning nufuzli “Ofir” mukofotini qo‘lga kiritib, yilning eng yaxshi filmi deb e’tirof etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu film 2026 yildagi “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi xalqaro film” nominatsiyasida Isroil nomidan ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Biroq madaniyat vaziri Miki Zohar ushbu qarorni tanqid qilib, davlat mablag‘lari kino sohasiga ajratilmasligi kerakligini ta’kidladi.

Vazir fikricha, filmni mukofotlash Isroil askarlariga nisbatan haqorat sifatida talqin qilinishi mumkin. Filmda G‘arbiy Sohilda yashovchi 12 yoshli falastinlik bolaning dengizni ko‘rish orzusi tasvirlangan.

U Tel-Avivga borishga harakat qiladi, lekin nazorat-o‘tkazish punktida to‘xtatiladi. Shunga qaramay, u yashirincha Isroilga kirib, u yerda mehnat qilayotgan otasini izlashga harakat qiladi.

Filmning bosh qahramoni rolini ijro etgan 13 yoshli Muhammad G‘azzoviy “Eng yaxshi aktyor” mukofotiga sazovor bo‘lib, bu sovrinni qo‘lga kiritgan eng yosh aktyor bo‘ldi. Isroil Kino va televideniye akademiyasi raisi Asaf Amir madaniyat vazirining so‘zlariga javoban, G‘azo urushi og‘ir oqibatlarga olib kelayotgan bir paytda qarshi tomonning og‘riqlarini his qilish umid uyg‘otishini ta’kidladi.

Shu bilan birga, minglab Gollivud ijodkorlari Isroil kinotashkilotlarini boykot qilishlarini e’lon qildi. Ular Isroilni genotsid sodir etishda ayblamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tergov komissiyasi ham Isroilni G‘azoda genotsid uyushtirishda aybladi. Ammo Isroil Tashqi ishlar vazirligi bu da’volarni rad etib, ularni asossiz va soxta deb baholadi.

O‘xshash yangiliklar

Milliarder Uorren Baffet YouTube orqali o‘zbek iste’dodlarini tomosha qiladi
Milliarder Uorren Baffet YouTube orqali o‘zbek iste’dodlarini tomosha qiladi
Dunyoning eng boy va taniqli sarmoyadorlaridan biri, 96 yoshli milliarder Uorren Baffet bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi haqidagi ma’lumotlar jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz xabar
MadaniyatBugun, 04:43
Oskar mukofoti sovrindori Eva Mari Seynt vafot etdi
Oskar mukofoti sovrindori Eva Mari Seynt vafot etdi
Gollivudning oltin davri vakili, taniqli amerikalik aktrisa Eva Mari Seynt 102 yoshida olamdan o‘tdi. U Los-Anjelesdagi o‘z xonadonida tabiiy sabablarga ko‘ra vafot
MadaniyatBugun, 04:41
Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi davlat akademik musiqali teatri direktori etib tayinlandi
Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi davlat akademik musiqali teatri direktori etib tayinlandi
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri jamoasiga yangi rahbar tayinlandi. Madaniyat vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, O‘zbekistonda xizmat
MadaniyatKecha, 23:59
Karina Kapur va Shohrux Xon yangi filmda hamkorlik qiladi
Karina Kapur va Shohrux Xon yangi filmda hamkorlik qiladi
Bollivudning mashhur yulduzlari Karina Kapur va Shohrux Xon oradan o‘n besh yil o‘tib, yangi kinoloyihada yana bir bor hamkorlik qilishi kutilmoqda. Tarqalgan
Madaniyat23:51, 06-10-2026
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekistonlik taniqli shaxmatchi, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosim joriy yilning 4-oktyabr kuni
Madaniyat23:51, 05-10-2026
Netflix Wednesday serialining uchinchi mavsumi suratga olinganini e’lon qildi
Netflix Wednesday serialining uchinchi mavsumi suratga olinganini e’lon qildi
Netflix striming platformasi butun dunyoga mashhur bo‘lgan Wednesday serialining uchinchi mavsumini suratga olish ishlari yakunlanganini rasman e’lon qildi. Mazkur
Madaniyat23:31, 05-10-2026