Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+10°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Quldortepada ilk o‘rta asr ibodatxonasi topildi

Madaniyat
51
Quldortepada ilk o‘rta asr ibodatxonasi topildi
Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan Quldortepa arxeologik yodgorligida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yangi tarixiy sirlarni ochib bermoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Arxeologlar bu yerdan ilk o‘rta asrlarga oid ibodatxona qoldiqlarini topishga muvaffaq bo‘ldilar. Ushbu topilmalar nafaqat mahalliy, balki butun mintaqaning tarixini chuqurroq o‘rganishda katta ahamiyatga ega.

Qazilmalar davomida ibodatxonaning marosimlar xonasi, ustunli ayvon va yo‘lakli xonalar aniqlandi. Xonalar devorlarida esa hanuzgacha saqlanib qolgan bezaklar mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Devorlar oq fon ustiga qizil va qora ranglarda ishlangan geometrik naqshlar bilan bezatilgan bo‘lib, bu davr me’morchiligining noyob namunasi sifatida qaralmoqda. Eng e’tiborga molik topilmalardan biri uzunligi taxminan 4,75 metr bo‘lgan archa ustunidir.

Shuningdek, tadqiqotchilar Xitoyning Xan sulolasi davrida ishlab chiqarilgan oyna hamda Sug‘d hukmdori Ukkurt Chamuk nomi bilan bog‘liq tangalarni ham topishdi. Bu topilmalar Quldortepaning o‘sha davrda savdo va madaniy aloqalar markazi ekanligini isbotlaydi.

Manbalarga ko‘ra, Quldortepa qadimdan rustoq markazi sifatida tanilgan. Xitoy yozma manbalarida bu joy Mi yoki Mi-moxe nomi bilan qayd etilgan bo‘lsa, arab va fors adabiyotida Maymurg‘ nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Bu esa Quldortepaning turli xalqlarning madaniy sivilizatsiyalari bilan yaqin aloqada bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ushbu yodgorlikdagi tadqiqotlar davom ettirilmoqda va kelgusida yana ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar ochilishi kutilmoqda.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026