Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Sherqo‘zi G‘oziyev 75 yoshida vafot etdi

Madaniyat
65
Sherqo‘zi G‘oziyev 75 yoshida vafot etdi
O‘zbek san’atining mashhur aktyori va rejissyori Sherqo‘zi G‘oziyev 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi. Sherqo‘zi G‘oziyev 1950-yilda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, Chirkay qishlog‘ida tug‘ilgan.

U Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetini tamomlagan, so‘ngra Toshkent madaniy o‘qituvchilar texnikumining rejissyorlik bo‘limida uch yil tahsil olgan. 1971-yilda Ostrovskiy nomli institutning aktyorlik bo‘limiga sirtdan o‘qishga kirib, 1976-yilda muvaffaqiyatli bitirdi.

1970-yildan boshlab «Teleminiatyuralar teatri»da sahnaga chiqib, turli rollarni ijro eta boshladi. 1978-yildan O‘zbekiston davlat filarmoniyasida faoliyat yuritdi.

1990-yilda O‘zbekiston va Hindiston hamkorligida suratga olingan «Changalzor qiroli» filmida zootexnik rolini o‘ynadi. Shuningdek, «Sherxon» studiyasini tashkil etib, hindlar bilan hamkorlikda 2006-yilda «Sherxon traktorchi» kinokomediyasini, 2008-yilda esa «Yolg‘iz emassan» melodramasini yaratdi.

Sherqo‘zi G‘oziyev «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Tangalik bolalar», «Temir xotin», «Temir erkak», «Oltin devor», «Sarvinoz 2» va «Jiblajibon» kabi ko‘plab filmlarda ham suratga tushgan. U o‘zining san’atdagi xizmatlari bilan ko‘plab tomoshabinlar qalbida chuqur iz qoldirdi.

O‘xshash yangiliklar

«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
MadaniyatKecha, 23:43
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
MadaniyatKecha, 01:56
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026