ENRU

Miss Qirg‘iziston 2025 unvoni Ayana Rasulga berildi

Madaniyat
111
Miss Qirg‘iziston 2025 unvoni Ayana Rasulga berildi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 24 sentyabr kuni mamlakatning eng yirik va nufuzli tadbirlaridan biri bo‘lgan “Miss Qirg‘iziston” milliy go‘zallik tanlovining final bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tanlovda mamlakatning eng chiroyli, iste’dodli va zukko qizlari ishtirok etdi. Bu haqda 24.kg nashri ma’lum qildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, “Miss Qirg‘iziston – 2025” unvoni Ayana Rasul qiziga nasib etdi. Uning qo‘liga toj bilan birga 200 ming somlik sertifikat taqdim etildi.

Ayana g‘alabasini izohlarkan, ayollar doimo o‘z kuchiga ishonishi lozimligini ta’kidladi. U mehnat, sabr-toqat va Vatanga bo‘lgan muhabbat har doim muvaffaqiyat kaliti ekanini qayd etdi.

Hakamlar hay’ati asosiy g‘olibdan tashqari uch nafar ishtirokchiga Gran-pri unvonini berdi. Anora Esongaldiyeva “Miss Kyrgyzstan Universe” nomini qo‘lga kiritib, “Miss Universe” tanlovida Qirg‘iziston sharafini himoya qiladi.

Madina Ermekova “Miss Kyrgyzstan Grand International” unvoniga sazovor bo‘lib, “Miss Grand International” finalida ishtirok etadi. Syuzanna Umetova esa “Miss Kyrgyzstan International” unvoni bilan “Miss International” tanloviga yo‘llanma oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, g‘oliba Ayana Rasul qizi mashhur xonanda Aygerim Rasul qizining singlisi va Qirg‘iziston xalq artisti Rasul Mamatqulovning qizi hisoblanadi. Shuningdek, eslatib o‘tamiz, yaqinda Rossiyada turmush qurgan ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan 25-umumrossiya go‘zallik tanlovi “Missis Rossiya – 2025”da Magnitogorsk shahrida yashovchi 37 yoshli Yekaterina Semenova g‘olib deb topilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026