ENRU

P.Diddi sudda 11 yil qamoq jazosiga duchor bo‘lishi mumkin

Madaniyat
33
P.Diddi sudda 11 yil qamoq jazosiga duchor bo‘lishi mumkin
Federal prokurorlar mashhur reper Shon Kombs, ya’ni P.Diddini 11 yilga ozodlikdan mahrum etish va 500 ming dollar jarima bilan jazolashni so‘rab sudga murojaat qilishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, ayblov tomoni reper uchun kamida 135 oylik qamoq jazosi berilishini talab qilmoqda. Yakuniy hukm 3 oktyabr kuni, juma kuni Nyu-York shahrida e’lon qilinishi kutilmoqda.

P.Diddining advokatlari esa unga nisbatan yengilroq jazo tayinlanishini istab, 14 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qamoqqa olishni so‘rashmoqda. Ular sudgacha o‘tkazilgan bir yillik qamoq muddatini umumiy jazoga qo‘shib hisoblash kerakligini ham ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyining boshida hukm chiqargan hakamlar hay’ati P.Diddini ayollarni fohishalikka jalb qilishda aybdor deb topdi. Biroq u jinoyatchilik guruhiga rahbarlik qilish va jinsiy savdo bilan bog‘liq og‘irroq ayblovlardan ozod qilindi.

Sud jarayoni davom etmoqda va yakuniy qaror yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekistonlik taniqli shaxmatchi, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosim joriy yilning 4-oktyabr kuni
MadaniyatKecha, 23:51
Netflix Wednesday serialining uchinchi mavsumi suratga olinganini e’lon qildi
Netflix Wednesday serialining uchinchi mavsumi suratga olinganini e’lon qildi
Netflix striming platformasi butun dunyoga mashhur bo‘lgan Wednesday serialining uchinchi mavsumini suratga olish ishlari yakunlanganini rasman e’lon qildi. Mazkur
MadaniyatKecha, 23:31
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
Madaniyat23:43, 03-10-2026
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
Madaniyat01:56, 03-10-2026
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026