ENRU

Shon Kombs qamoqda shaxsiy rivojlanish kursi boshladi

Madaniyat
75
Shon Kombs qamoqda shaxsiy rivojlanish kursi boshladi
Amerikalik reper va prodyuser Shon Kombs, taniqli P.Diddy, qamoqxonada “Diddydan hayot saboqlari” nomli shaxsiy rivojlanish kursini tashkil etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqida The Wall Street Journal nashri ma’lumot berdi. Kurs doirasida reper mahbuslarga biznes yuritish, ijobiy fikrlash, mag‘lubiyatlarni qabul qilish, shaxsiy ehtiroslarni boshqarish hamda maqsadlarga erishish bo‘yicha maslahatlar beradi.

Bundan tashqari, raqobatda ustunlikka erishish sirlarini ham o‘rgatadi. Olti haftalik kurs davomida nazariy ma’ruzalar bilan birga amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkaziladi.

Hujjatlarda aytilishicha, dastur Shon Kombsning hayot yo‘lini — kamtarlikdan jahon miqyosida taniqli ishbilarmon va madaniy ramzga aylanishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. Reperning advokatlari ta’kidlaganidek, Kombsning mahbuslarga yordam berish niyati sudda yengillashtiruvchi omil sifatida ko‘rib chiqilishi lozim.

U bu tashabbusni hayotidagi eng muhim va ta’sirli loyihalardan biri deb baholagan. Eslatib o‘tish joiz, iyul oyida sud hay’ati P.Diddyga nisbatan qaror chiqargan edi.

U ayollarni fohishalikka jalb qilishda ayblangan, biroq jinsiy savdo va jinoiy faoliyat tashkil etish bo‘yicha ayblovlardan oqlangan. Advokatlar suddan unga 14 oy qamoq jazosi tayinlashni so‘ragan bo‘lsa, federal prokurorlar esa Kombsni 11 yilga ozodlikdan mahrum etish va 500 ming dollar jarima solishni talab qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekistonlik taniqli shaxmatchi, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosim joriy yilning 4-oktyabr kuni
MadaniyatKecha, 23:51
Netflix Wednesday serialining uchinchi mavsumi suratga olinganini e’lon qildi
Netflix Wednesday serialining uchinchi mavsumi suratga olinganini e’lon qildi
Netflix striming platformasi butun dunyoga mashhur bo‘lgan Wednesday serialining uchinchi mavsumini suratga olish ishlari yakunlanganini rasman e’lon qildi. Mazkur
MadaniyatKecha, 23:31
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
Madaniyat23:43, 03-10-2026
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
Madaniyat01:56, 03-10-2026
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026