Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+25°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

Billi Eilish yangi UNO karta o‘yinini taqdim etdi

Madaniyat
54
Billi Eilish yangi UNO karta o‘yinini taqdim etdi
Amerikalik mashhur qo‘shiqchi Billi Eilish dunyo musiqa sahnasida millionlab muxlislar qalbini zabt etganidan so‘ng, endi karta o‘yinlari sohasiga ham qadam qo‘ydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

San’atkor taniqli UNO karta o‘yinining o‘ziga xos yangi versiyasini yaratdi. Ushbu yangi karta to‘plami klassik o‘yin qoidalariga yangiliklar kiritgan bo‘lib, o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi.

Yashil va ko‘k ranglarda bezatilgan kartalar to‘plamida Billi Eilishga tegishli mashhur Blohsh logotipi ham mavjud. O‘yin jarayoniga qo‘shimcha kartalar kiritilgan bo‘lib, ular o‘yinga yangi strategiyalar va kutilmagan burilishlar olib kiradi.

Masalan, “Wild Pass Color” kartasi bir o‘yinchiga ma’lum rangdagi barcha kartalarni boshqa ishtirokchiga berish imkonini beradi. Shuningdek, “Reveal Hand” kartasi barcha o‘yinchilardan qo‘llaridagi kartalarni ochib ko‘rsatishni talab qiladi.

To‘plamda jami 112 ta karta bor va uning narxi 20 dollarni tashkil etadi. Mahsulotning ilk partiyasi rasmiy sayt orqali oldindan buyurtma asosida sotib yuborilgan.

Hozirda xaridorlar keyingi tiraj uchun navbatda turibdi. Billi Eilish o‘zining noyob uslubini endi o‘yinlar olamida ham namoyish etmoqda.

U nafaqat sahnada, balki karta o‘yinlarida ham g‘oliblik uchun kurashishni maqsad qilgan ko‘rinadi. Bu yangi versiya o‘yinchilar uchun qiziqarli va yangi imkoniyatlar yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026