Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+14°
дождь ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Jennifer Lopez va Ben Afflek premerada samimiy ko‘rinish berdi

Madaniyat
18
Jennifer Lopez va Ben Afflek premerada samimiy ko‘rinish berdi
Jennifer Lopez va Ben Afflek “O‘rgimchak ayol bo‘sasi” filmining premerasida birga ishtirok etdi va ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sobiq turmush o‘rtoqlar nafaqat birga kelishdi, balki kameralar oldida quchoqlashib, samimiy holatda suratga tushishdi. Filmda bosh rolni ijro etgan Jennifer Lopez qora rangdagi gulli, o‘rgimchak siluetini eslatadigan ko‘ylak kiygan bo‘lsa, Ben Afflek qizil gilamda klassik ko‘k kostyumda paydo bo‘ldi.

Tomoshabinlarning eng ko‘p e’tiborini tortgan jihat ularning iliq va samimiy munosabatlari bo‘ldi. Ben Afflek Jenniferning beliga mehr bilan qo‘lini qo‘yib, unga muhabbat bilan qarayotgani ko‘zga tashlandi.

Muxlislar orasida turli fikrlar paydo bo‘ldi: “Ular munosabatlarga yana imkoniyat beradimi?”, “Bu muhabbat hali so‘nmagan”, “Ular doim bir-birlarini sevib qoladi”. Eslatib o‘tamiz, Lopez va Afflekning munosabatlari ilk bor 2001 yilda ma’lum bo‘lgan.

Ular unashtirilganini e’lon qilishgan, ammo turmush qurmagan. Yillar o‘tib, 2024 yilda yana birga bo‘lib, nikoh qurishdi, ammo 2025 yilda nikohlari rasmiy ravishda bekor qilindi.

Yaqinda bergan intervyusida Ben Afflek Jennifer Lopez bilan munosabatlarida muammolar yo‘qligini aytib, uni hurmat qilishini va hayotida muhim shaxs bo‘lib qolishini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026