Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+22°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

Kristen Bell tasdiqladi: Muz yurak 3 ishga tushdi

Madaniyat
17
Kristen Bell tasdiqladi: Muz yurak 3 ishga tushdi
Gollivud aktrisasi Kristen Bell Disney studiyasining mashhur “Muz yurak” multfilmining uchinchi qismining suratga olish ishlari boshlandigini tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aktrisa ma’lum qilishicha, aktyorlar jamoasi yaqin kunlarda ishlarni boshlaydi. Anna obrazini ijro etayotgan Bell ssenariy bilan tanishib chiqqan, ammo hozircha tafsilotlarni oshkor qilmayapti.

Bellning so‘zlariga ko‘ra, loyiha hozir ijodiy bosqichda bo‘lib, asosiy e’tibor g‘oyalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Disney har bir bosqichda mukammallikka intiladi va barcha jihatlar qayta ko‘rib chiqiladi.

Shu sababli film nihoyatda sifatli bo‘lishi kutilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Muz yurak 3” filmi 2027 yilda premerasi bo‘lib o‘tadi.

Ilk vizual eskizlarda Elza oq otda, Anna esa qo‘ng‘ir kiyikda tasvirlangan, bu esa muxlislar orasida yangi sarguzashtlarga qiziqishni oshirdi. Eslatib o‘tamiz, “Muz yurak”ning birinchi qismi 2013 yilda namoyish etilib, Disney studiyasiga “Oskar” mukofotini olib kelgan.

Ikkinchi qismi esa dunyo bo‘yicha 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirib, “Into the Unknown” kabi mashhur qo‘shiqlarni taqdim etgan. Shuningdek, avvalroq Disney studiyasi “Aristokrat mushuklar” multfilmining remeykini suratga olmaslikka qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026