Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Munisa Rizayeva Dubayda tug‘ilgan kunini nishonladi

Madaniyat
111
Munisa Rizayeva Dubayda tug‘ilgan kunini nishonladi
Bugun, 21-oktabr kuni mashhur xonanda va san’at sohasining yorqin vakili Munisa Rizayevaning tug‘ilgan kuni nishonlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ko‘plab muxlislar tomonidan sevib tinglanadigan san’atkor ushbu bayramni yaqinlari bilan birga, xorijda, quyoshli Dubay shahrida o‘tkazmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning bayram tongi haqida bo‘lgan lavhalari e’lon qilindi.

Unda ko‘rinib turibdiki, bayram go‘zal gullar va samimiy syurpriz bilan boshlandi. Munisa Rizayeva sovg‘alarni turmush o‘rtog‘i tayyorlaganini aytib, uning doimiy e’tiboriga minnatdorligini bildirgan.

Xonandaning muxlislari esa uni samimiy tilaklar, duolar va iliq so‘zlar bilan tabriklamoqda. Ko‘pchilik san’at ixlosmandlari Munisa Rizayevaning san’atga qo‘shgan hissasini yuksak baholab, unga ijodiy muvaffaqiyatlar tilamoqda.

Munisa Rizayeva nafaqat betakror ovozi, balki insoniy fazilatlari bilan ham san’at olamida alohida o‘rin egallagan ijodkor hisoblanadi. Uning tug‘ilgan kuni munosabati bilan san’at ixlosmandlari unga mustahkam sog‘lik, baxt va yangi yutuqlarni tilab qolmoqda.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026