Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Tom Kruz yonayotgan parashyut bilan rekord o‘rnatdi

Madaniyat
60
Tom Kruz yonayotgan parashyut bilan rekord o‘rnatdi
Tom Kruz "Uddalab bo‘lmas topshiriq: Yakuniy hisob-kitob" filmini suratga olish jarayonida bajarilgan xavfli tryuklardan biri uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aktyor oldindan yoqib qo‘yilgan parashyut bilan 16 marta sakrashni amalga oshirgan. Bu haqda Hollywood Reporter xabar berdi.

Film sahnalaridan birida Tom Kruz ijro etgan qahramon Itan Xant shikastlangan samolyotdan zaxira parashyuti bilan sakraydi. Uning asosiy parashyuti yonib ketadi, shuning uchun qahramon arqonlarni kesadi va oxirgi lahzada zaxira parashyutni ochadi.

Ushbu murakkab tryuk aktyor tomonidan jonli ravishda bajarilgan. Kruz Janubiy Afrikadagi Drakon tog‘lari ustida, vertolyotdan 2000 metrdan ortiq balandlikda 16 marta sakragan.

Har bir sakrashda uning parashyuti yonuvchi suyuqlik bilan to‘yintirilib, yoqib yuborilgan. Ushbu xavfli va murakkab harakat Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan "bir kishi tomonidan eng ko‘p yonayotgan parashyut bilan sakrash" nominatsiyasida rekord sifatida qayd etildi.

Ginnes rekordlar kitobi bosh muharriri Kreyg Glendey bu haqda shunday dedi: “Tom Kruz rekordlar uchun yaratilgandek. U yana bir bor o‘zini chegarasiz imkoniyatga ega aktyor sifatida ko‘rsatdi.”

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026