ENRU

Ozodbek Nazarbekovning to‘ydagi ishtiroki bahs-munozaraga sabab bo‘ldi

Madaniyat
58
Ozodbek Nazarbekovning to‘ydagi ishtiroki bahs-munozaraga sabab bo‘ldi
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning to‘y marosimida qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Videoda tadbirda ishtirok etayotgan mehmonlar ijro paytida san’atkorga pul – 100 ming, 200 ming so‘mlik kupyuralar va AQSh dollarlarini taqdim etayotgani aks etgan. Mazkur holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turlicha fikrlar uyg‘otdi.

Ayrimlar buni xalq an’anasining bir qismi, san’atkorga nisbatan hurmat va minnatdorchilik ifodasi sifatida qabul qilishdi. Boshqalar esa davlat arbobi sifatida vazirning bunday xatti-harakatini noo‘rin deb baholashdi.

Ozodbek Nazarbekov 1974 yil 7 may kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi, taniqli xonanda, bastakor va jamoat arbobidir.

Nazarbekov ijodiy faoliyatini 1990-yillarda boshlagan va o‘zbek estradasining mashhur vakillaridan biriga aylangan. Nazarbekovning ijodi xalq orasida keng tanilgan bo‘lib, uning «Jondan aziz», «Qadamlar hikmati» va «Mushtarak manzil» kabi qo‘shiqlari mashhur.

U ko‘plab san’atkorlar bilan hamkorlik qilib, yirik ijodiy loyihalarda ishtirok etgan. 2018 yilda u Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

2020 yil dekabr oyida esa O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri etib tayinlandi. Shuningdek, u Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Nazarbekov avval ham ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan. 2024 yilda u kiyim do‘koni reklamasida, 2023 yil avgust oyida esa xususiy universitetning promo-roligida ishtirok etgani e’tiborni tortgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026